‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


I.  Das turning ilmiylik prinsipi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

I. 
Das turning ilmiylik prinsipi.
Dasturga obyektiv reallikni 
(voqelikni) aniq, to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan 
tekshirilgan ishonchli materiailar kiritiladi. Maiumki, hozirgi 
kummizda fan va texnika tobora rivojlanib bomioqda. Fanga oid
* Cuniculum. culuaal tradiiions and pedagogv imdcrsfandiug tt e work o f teachers m  England. France and Остшшп (
2012
)
114


yangi ma’lumotlar va masalalar kirishi bilan o‘quv dasturidagi 
ayrim eskirgan masalalar о‘quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
2.Dasturning qat’iylik prinsipLO'quv
dasturlari jamiyatimiz 
taraqqiyotining har bir bosqichida fan, texnika, ishlab chiqarish 
hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajasini aks 
ettirishi lozim. Hamma о‘quv fanlariga oid dasturlaming bir necha 
yillar mobaynida qat’iy bo‘Iishiga erishish shu fan bo‘yicha qat’iy 
darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
3.Nazariyaning amaliyot bilan birligi prinsipi.
Ilmiy bilim- 
lami puxta egallash va o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda 
qo‘llay olish uchun o‘quvchilarga beriladigan nazariy tushunchalar 
ijtimoiy qurilish amaliyotiga bogiab, aniq hayotiy misollar bilan: 
mashqlar, tajribalar ko‘rsatib, xulosalar chiqarish kabilar bilan 
bog‘lanishi lozim. Bu o'quvchining ijtimoiy faolligini oshirishda 
muhim ahamiyatga ega.
Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini 
ifodalashdir. Unda kursning sinflarga, qismlarga, mavzularga 
bo‘linishi, ularni o‘rganish tartibi, soatlar turi ko‘rsatiladi. Hatto, 
dasturdagi masalalar ro‘yxati ham undagi boshqa boMimlarning 
mazmunidan tashqari, prosessual yo‘nalishi ham mavjudligidan 
dalolat beradi. Shunday qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: 
ta’limning mazmunini о‘quv predmeti doirasida aks ettiradi va 
predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, u darslikka o‘tishni tayyorlaydi va uning mualliflari 
faoliyati uchun yo‘llanma hisoblanadi.
Masalalar ro‘yxati - dasturning markaziy bo‘limidir, ammo 
unda boshqa boHimlar ham bo'lib, ular darslikning tuzuvchilari 
fikrini va o‘qituvchiIaming faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solishi 
kerak. Har bir о4 quv predmeti bo‘yicha haqiqiy dastur umuman 
to‘rt qismdan: tushuntirish xati (har xil dasturda mazmuni turlicha); 
ro‘yxat ko‘rinishidagi mazmunning o‘zi (mavzuiar, masalalar, 
laboratoriyalar va amaliy ishlar, namoyishlar, ekskursiyalar); 
predmetlararo aloqalar ko‘rsatilgan boiim hamda o‘quvchilarning 
bilim va ko‘nikmalariga qo'yiladigan talablar ifodalangan 
bo'limlardan iborat bo'ladi.
115


Kursning maqsadlari va vazifalarini ifodalash - dasturning eng 
muhim elementidir. Xususan, ana shu maqsad va vazifalar darslik 
muallifining dasturni amalga oshirishdagi ma’lum nuqtayi nazarini 
va o‘qituvchining darslikni to‘g‘rilashi hamda o‘qitish jarayonini 
tashkil etishi uchun tegishli yo‘nalishni belgilaydi.
0 ‘qituvchi, ayniqsa, yosh o‘qituvchilar o‘z izlanishlarining 
yo‘nalishini belgilab olish uchun kursning maqsadini chuqur 
anglashlari kerak.
Dasturlarda shunday vazifalar ham beriladiki, o‘qituvchi ulami 
hal qilish uchun mstitutda tayyorlanmagan bo‘ladi. Buning misoli 
sifatida ta’lim mazmuniga metodologik bilimlarning kiritilishini 
aytish mumkin. Kursga marta shunday talablar qo‘yilishining o‘zi 
o‘qituvchilami chuqur o‘ylashga majbur etadi. Tajribali pedagog 
o‘tgan yillardagi dasturlarda bunday vazifalar boimaganini sezadi. 
Bu hoi uning mustaqil bilim olishi, ijodiy izlanishi, shuningdek, 
metodik birlashmada ishlashi uchun turtki boiadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin