149
Unifikatsiya
– binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular
orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy
asoslangan yo‘l bilan qisqartirilishi. Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok,
orayopma plitalalari, yig‘ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari, deraza
tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarda
qo‘llash imkonini beradi.
Buyumlarni geometrik o‘lchamlari unifikatsiyasining asosi bo‘lib qurilishdagi
o‘lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi.
Modul
- o‘lchamlar
koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul qilib
100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo‘lib, binoning barcha o‘lchamlari shu
modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy
modulning butun songa ko‘paytirilgan kattaliliga teng bo‘lib, yiriklashtirilgan
modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga teng
amaliyotda qo‘llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan modullar
asosiy
me’moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari, devorlararo
qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning o‘lchamlarini
belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo‘llash uchun eng takomil va iqtisodiy nuqtai
nazardan samarali bo‘lgan konstruktiv elementlarni tanlash maqsadida ularning
turlariga qarab guruhlash, ya’ni
tipiklashtirish
usulidan foydalaniladi.
Bino va inshootlar elementlarini unifikatsiyalashtirish, standartlashtirish va
tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari, rejalashtirish elementlarining
normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi.
Dostları ilə paylaş: