Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

7.2
-
jadval 
To‘suvchi konstruksiya 
Ko‘tarib turuvchi 
konstruksiya 
Qoplama turi 
Devorlar 
Bog‘lovchi 
Yassi qoplama 
Osma panellar 
Romli 
Fazoviy qoplama 
Monolit to‘siqlar 
Qayishqoq 
(egiluvchan) 
qavatli 
Tarkibli qoplama 
Konstruktiv funksiya 
Konstruktiv konstruksiya 
Konstruktiv shakl 
Tarixdan ma’lumki, arxitektura doimo texnika va texnologiyalar rivojlanishiga 
bog‘liq bo‘lib kelgan. “Zamonaviy texnika bizning arxitekturaga chuqur ta’sir 
ko‘rsatdi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz osmono‘par binolar, Bauxauzning 
g‘oyaviy yo‘nalishlari, geodezik gumbaz, ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan 
elementlardan yig‘ilgan binolar bo‘lmas edi”. Biroq, ta’kidlash zarurki, izlanishlar 
davom etmoqda, shu sababdan zamonaviy sharoitlardagi konstruktiv sxemalar va 
elementlarning 
rang-barangligi, 
shuningdek 
turli 
ilg‘or, 
doimiy 
ravishda 
takomillashib borayotgan texnologiyalarning mavjudligi jamoat binolarining 
arxitekturaviy konstruksiyalarini alohida mavzu sifatida ko‘rilishi taqozo etadi. 


144 
7.2
-
rasm. 
Santa-Krus-de-
Tenerife 
shahridagi 
auditorium, Ispaniya
arxitektor S.Kalatrava, 
1997-2003. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7.3
-
rasm. 
Air shahridagi konsert zali, Yaponiya, arxitektor F.Maki, 1993-1994. 


145 
Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat hollarda ko‘p qatlamli 
osma panelli karkasli tizimlar, shuningdek aralash tizimlarning turli – an’anaviy va 
engil yuqori samarali materiallar jamlanmasidan tarkib topgan variantlari eng keng 
tarqalgan konstruksiyalar hisoblanadi. Masalan, ko‘tarib turuvchi ko‘ndalang g‘isht 
devorlar osma tashqi devorlar, yig‘ma karkas – monolit orayopmalar bilan birga 
qo‘llanilishi mumkin. Undan tashqari, yuqori samaradorlikka ega energiya tejovchi 
tizimlar: shamolatilladigan fasadlar, tuzilmali oyna, alyuminiy qotishmalari va 
plastikdan iborat vitraj elementlari ham keng qo‘llanilmoqda. Yangi qurilish va 
pardozlash materiallarining ko‘plab paydo bo‘lishi fasad va umuman bino qiyofasi 
uchun yangidan-yangi yechimlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda. 
Aytish lozimki, aynan noyob va g‘ayri oddiy konstruksiya binoning 
kompozitsion yechimlarini belgilaydi va uning yakuniy shakllanishiga hal qiluvchi 
ta’sir o‘tkazadi. Shu munosabat bilan jamoat binolarining tom qoplamasi 
konstruksiyalari alohida e’tiborga loyiq masala sifatida ko‘rilishi lozim. Arklar, 
qobiqlar, gumbazlar, pnevmatik qoplamalar faqat shu binoga yoki jamoat 
binolarining ma’lum turiga xos bo‘lgan badiiy obraz yaratilishi uchun imkon 
yaratadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin