138
Misol tariqasida boshqa ijtimoiy funksiyalarga moslab rekonstruksiya qilingan
juda ko‘p ob’yektlarni keltirish mumkin.
Moslashtirilgan bino, garchi avvaliga
boshqa fazoviy ob’yekt qulay bo‘lib ko‘ringan bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan etarlicha
qulay bo‘lib qoladi. Harakatlarning muayyan universalligi mazmunan turlicha
bo‘lgan jarayonlar parametrlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan bo‘shliqlarda
amalga
oshirilishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu, o‘z navbatida, istalgan arxitektura
ob’yekti bir qator jarayonlar bir xilda kechishi uchun yaroqli bo‘lishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, so‘z arxitekturaning ko‘p funksionalligi to‘g‘risida yuritilishi zarur.
So‘nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptilarki, ko‘p funksionallik arxitektura
ob’yektining mazmun-mohiyatida kelib chiqadi. Biron funksiya uchun yaratilgan
bo‘shliq ushbu funksiyaga nisbatan doimo keragidan ortiq hisoblanadi.
Funksional potensial – o‘z ichiga ko‘p ma’noli tushunchalarning tarmoqlangan
ierarxiyasini olgan umumlashtiruvchi atamadir [20]. Uni
tashkil etuvchilar orasidan
”
dolzarb funksiyalar
” guruhini, ya’ni ist’emolchi tasavvurida ob’yekt shaklining
qimmatli xarakteristikalari bilan bog‘liq funksiyalarni ajratish mumkin.
Dolzarb
funksiyalar tarkibida “
sababli funksiyalar
” guruhi bo‘lib, ular ob’yektning birlamchi
vazifasini belgilab beradilar. “Sababli funksiyalar” “
ishchi funksiyalar
”, ya’ni
arxitektura ob’yekti qurilganidan keyin unda beixtiyor jamlanadigan jihatlar
namoyon bo‘ladigan funksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladilar. Ishchi funksiyalar
ob’yekt mavjud bo‘lishining
ustuvor
va har bir davri uchun muvofiq tarzda
belgilanadigan
birgalikdagi
funksiyalarga bo‘linadi. Arxitektura ob’yektlari
faoliyatining funksional xususiyatlarini ko‘rib chiqishda
sababli funksiyadan kelib
chiquvchi jarayon doim ham qabul qilingan taxminga muvofiq kechmasligini hisobga
olish zarur. Ikki: ideal va real funksiyalarni ajratish lozim.. birinchisining talablariga
ko‘ra ob’yekt shakllanadi, ikkinchisi bo‘yicha esa faoliyat ko‘rsatadi. Loyihachi ana
shu farqlanishni imkon qadar kamaytirishga harakat qiladi, lekin, ideal funksiya o‘rta
statistik iste’molchi uchun hisoblangan bo‘lsada, real foydalanuvchining istak-
xohishlarini oldindan aniqlash qiyin.
Me’moriy interpretatsiyalar asosida shakl va funksiya o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqliklarning o‘ziga xos jihatlar bilan shartlanadigan bir qator hodisalar yotadi.
139
Bu tarkibiy qismlar bilan shlash uchun ularni umumiy mahrajga keltirish lozim.
Buni amalga oshirish uchun “
funksional shakl
” (konstruksiya, funksiya), “
konstruktiv
funksiya
” (shakl, konstruksiya) va “
shaklli konstruksiya
” (funksiya, shakl)
tushunchalarini kiritib har bir tarkibiy qismni uch xil elementdan tashkil topgan
butunlik ko‘rinishida qabul qilamiz.
Funksional shakl
(konstruksiya, funksiya) bilan
arxitekturaviy shakl (konstruksiya, funksiya)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida
ob’yektning funksional xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi belgilanadi.
Konstruktiv
funksiya (shakl, konstruksiya) – arxitektura ob’yekti funksiyalari (shakli,
konstruksiyasi)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida ob’yektning konstruktiv xususiyatlarini
jamlagan elementlar mujassamligi. Shaklli konstruksiya (funksiya, shakl) –
arxitekturaviy konstruksiya (funksiya, shakl)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida
ob’yektning konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi.
Ushbu
bobning keyingi bo‘limlarida bu tushunchalar qanday va nimalar belgilanishini ko‘rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: