Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

7.2. Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi 
Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosining barcha funksiyalarini “ustuvor” 
va “birgalikdagi” toifalariga ajratish mumkin.
Jamoat binosidagi barcha funksional jarayonlarni, uning ustuvor funksiyasi 
qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
- umumiy; 
- o‘ziga xos; 
- yordamchi.
 
7.1
-
jadval
Binoning funksional 
vazifasi 
Binodagi funksional 
jarayonlar 
Binodagi funksional 
ustuvorliklar 
Jamoat xonalari 
Umumiy jarayonlar 
Bosh xonalar 
Turar-joy xonalari 
Yordamchi jarayonlar 
Birgalikdagi xonalar 
Ishlab chiqarish xonalari 
Maxsus jarayonlar 
Kommunikatsiyalar
Funksional funksiya 
Funksional konstruksiya 
Funksional shakl 


140 
Funksional zonalash
– inshootni funksiyalarining umumiyligi bo‘yicha bir 
turdagi xonalardan iborat guruhlardan iborat zonalarga bo‘lish [2]. 
Funksional bloklar
– funksiyalari bo‘yicha umumiy bo‘lgan xonalar guruhi. 
Funksional zonalashning quyidagi turlari mavjud: 

gorizontal funksional zonalash
– barcha funksional bloklar bir sathda 
joylashib, o‘zaro gorizontal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; 

vertikal funksional zonalash
– barcha funksional bloklar har xil sathlarda 
joylashib, o‘zaro veritkal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar; 

gorizontal-vertikal funksional zonalash
- yuqorida keltirilgan ikki turlarning 
mujassamligiga asoslanadi va amaliyotda eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanadi. 
Funksional zonalashning asosiy vazifasi – xonalar (yoki xonalar guruhlari) 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ularning aniq chegaralarini saqlagan holda aniqlash. 
Bu masala xonalarni muayyan tarzda guruhlash yordamida yechiladi. Bunda 
xonalarni guruhlashning jamoat binosining ichki hajmi tashkil qilinishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi quyidagi asosiy sxemalarini belgilash mumkin: 
- yacheykali sxema; 
- yo‘lakli sxema; 
- anfiladali; 
- zalli sxema; 
- atriumli sxema; 
- pavilonli sxema; 
- aralash (kombinatsiyalashgan) sxema. 
Ushbu sxemalarning har birida batafsil to‘xtatilib o‘tamiz. 
Xonalarni guruhlashning 
yacheykali sxemasi
funksional jarayonlar alohida 
kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan. 
Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi umumiy kommunikatsiyaga ega. 
Xonalarni guruhlashning 
yo‘lakli sxemasi 
yagona funksional jarayonning qismlarini 
o‘z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo‘lak bilan 
bog‘lanadilar. Xonalarni guruhlashning 
anfiladali sxemasi
bir-birining ketida 
joylashgan va o‘zaro umumiy o‘tish yo‘li bilan bog‘langan qator xonalardan iborat. 


141 
Xonalarni guruhlashning 
zalli sxemasi
qismlarga ajratilmagan katta maydonlarni 
talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo‘shliqni tashkil etishga asoslangan. 
Xonalarni guruhlashning 
atriumli sxemasi
yopiq ichki hovli – 
atrium
atrofida 
joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning pavilonli 
sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida hajmlar – yagona kompozitsion 
yechim vositasida o‘zaro bog‘langan pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu 
sxemalar mujassamlikda va birgalikda qo‘llanilishida 
kombinatsiyalashgan
: yo‘lakli-
halqali, anfilada-halqali va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning 
yuqorida keltirilgan sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion 
sxemalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining 
hajmiy-rejali tuzilmasi shakllantiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin