To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

118


Mirach Chag'ri Oqtosh
U otamni shu darajada pokiza va poyonsiz sevgan edi. 
Va men ham o'sha onda hayotimga kimni kiritsam ham
l)u darajada go'zal shaklda sevilmasligimni anglagandim. 
Tasawur qiUb ko'ring-a, onam sevgan insonining o'lganiga 
yigirma yil o'tgan bo'lsa ham hanuz o'sha ilk kungidek 
qaynoq ko'zyosh to'kadigan ayol edi. Va shu ayol o'sha 
kuni menga ko'rsatgan ediki, boshqa hech bir ayol meni u 
kabi sevolmas edi. Ammo bu meni ranjitmadi. Men o'sha 
oqshom eng go'zal muhabbatga guvoh bo'lgan edim. Bu 
menga yetarli edi...
Ba'zan haqiqiy sevgini his 
qilishga hojat qolmaydi. Chunki insonlarning bir- 
biriga bo'lgan muhabbatini ko'rish ham insonning
qalbini to'ydiradi.
119


To'siqiarga qaram ay sevdik
Ishq dardi qachon o'tib ketadi?
Hayot qisqa. Eng awalo, shuni tushunib yetishimiz 
kerak. Chunki to'rt kunlik hayotda siz uni deb azob 
chekayotgan insoningiz boshqa joyda va boshqa insonlar 
bilan hayot gashtini surar ekan, siz esa bu hayotning 
qiyinchiliklariga taslim bo'lgancha, hatto o'z joningizga 
qasd qilishni o'ylab yashashingiz aqlli odamning ishi 
emas. Hattoki bir bor bo'lsa-da, sevgini deb o'z joniga qasd 
qilishni o'ylash o'ta ahmoqona narsa. Sariq chaqaga ham 
arzimaydigan biri senga ortini o'girgani uchun o'z joninga 
suiqasd qihshga yoki shu haqida o'ylashga ham sening 
haqqing yo'q. Alloh bergan jonini faqat O'zi oladi. O'zingga 
tashqaridan bir nazar sol. "Men qayerdaman va kim uchun 
dardlarni chekayapman?" deya o'zingdan so'ra. Keyin esa 
sen uni deb dard yutayotgan inson shunga arzish yoki 
arzimasligi haqida o'yla, taroziga sol. O'zingdagi dardlarni 
va o'sha insondagi qadringni tarozining ikki pallasiga qo'y. 
Xo'sh, qaysisi og'ir bosdi? Agar bu dardlar bilan anchadan 
buyon yolg'iz o'zing kurashib kelayotgan bo'lsang, 
afsusdaman, sen allaqachon ahmoq oshiq maqomiga 
erishibsan. Ammo 
seni xafa qiladigan yana bir gap 
aytaman, ishqning azobini faqat ko'proq sevgan tomon 
emas, ikki tomon ham birdek tortishi kerak. Bir tomon 
faqat ko'zyosh to'ksa, hech narsa yemasa, ichmasa, hayotini 
zaharga aylantirsa-yu, narigi tomon boshini yostiqqa 
qo'yishi bilan darrov uyquga ketsa, bamaylixotir sayr-u 
sayohat qilsa, bu ishq emas, adolatsizlikdir, haqsizlikdir.
Inson 
kimnidir 
qattiq 
sevgani 
uchun 
bu 
badallarni yolg'iz o'zi to'lashga majbur bo'lmasligi
120



Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin