Mirach Chag'ri Oqtosh
Moychechak yaproqlari
Moychechakning so'nggi yaprog'ini yulganimizda
"scvmaydi" deb chiqqaniga qaramay,
bandini ham
yiilgancha, "sevadi" deb chiqarishga urinib, o'zimizni
ovutadigan darajada ba'zilarga ko'ngil qo'ygandik...
Xo'sh, oxiri nima bo'ldi? Hatto yaqiniga ham yo'lay
olmadik. Sharafiga bor narsamizni fido qilganlarimizning
yuraklari yo'q edi. Kimni sevadi deb o'ylasak, sevmadi.
"Ketmayman" deganlarning hammasi ketdi. "Doimo
yoningdaman”
deganlar bizni
o'zgalarga
almashdi.
Moychechak yaproqlari ana shunday insonlar uchun fido
qilingan edi. Ammo ularning hech qaysisi bunga arzimadi.
Meni kechiringlar moychechak yaproqlari... Bundan keyin
yuragimning eng so'lim go'shasi sizlarga tegishli.
Shuni
angladimki, hech qaysi ishqning taqdiri bir moychechak
yaprog'iga bog'liq bo'lmasin ekan. Moychechak o'z
bandidan uzilmay sevilsin, ishq esa qalblarda his etilsin...
Moychechak misol nozik qalbli insonlarning
ko'nglini sindirmang. Eng muhimi, ularni qo'ldan boy
bermang.
117
To'siqlarga qaram ay sevdik
Hech qachon go'zal shaklda sevila olmasligimning
dalilini men o'z onamda ko'rdim
Bu dunyodagi yagona
aziz insonim va oradan
qanday gap o'tsa ham, men sevishdan sira voz kechmay-
digan yagona ayol - bu mening onamdir. Ha, yuqorida
to'g'ri o'qidingiz, u menga hech qachon go'zal
shaklda
sevilmasligimni o'rgatgan. Qanaqasiga, deysizmi? Bu
haqida hozir gapirib beraman.
Bizning
oilamizda
onamning
to'ylarda
juda
chiroyli raqsga tushishi haqida ko'p gapirilardi. Qo'ni-
qo'shnilarning to'ylarida hammaning ko'zi davrada
o'ynaganlarning ichida bir onamga qadalardi. Singlimning
to'y oqshomi ham bo'lib o'tdi.
Ammo onamning uni ham
chiqmadi. Davrada raqsga tushishni qo'yib turing, hatto
birov bilan durust gaplashmadi. Men uni davraga tortib,
qo'llarini raqsga tushirish uchun ko'tarsam, u bo'lsa
qo'llarini pastga tushirib olardi. "Ona, sizga nima bo'ldi?"
degan savolimga javob ham bermas edi.
Men ham bir
necha bor uni majburlab, davraga olib chiqdim va qo'llarini
tutib, o'ynashga undadim. Ammo u yana qarshilik qildi.
Men esa biroz qizishgancha, "Ona, sizga nima bo'lyapti?"
deb so'raganimda, "O'g'lim, axir otang tuproqning tagida
yotganida, men uning qizining to'yida qanday o'ynayman?
Qaniydi, u ham tirik bo'lsa-yu, shu kunlarni ko'rsa edi",
deb yig'laganida joyimda qotib qolgan edim.
Mening
onam otamning vafot etganiga naqd yigirma yil bo'lganiga
qaramay, uni bir on ham yoddan chiqarmagan va unga
sadoqatda yashashdan zinhor charchamagan ayol edi.
Dostları ilə paylaş: