r
4
Mirach Chag'ri Oqtosh
•
I
------
.
Seva olmadim
Sendan keyin yuragim
hech bir insonning yonida
liiipriqib ketmaganini payqaganimdan keyin hayotimga
kimnidir kiritishga harakat qilmadim. Urinib ko'rishni
(jo'yib tur, hatto birov bilan tanishishga ham hafsalam
l)o'lmadi. Go'yoki boshqaga ko'ngil qo'yolmasin deb
yuragimni o'zing bilan birga olib ketganga o'xshaysan.
Xuddi o'tmishim bilan birga kelajagim ham sen bilan
ketgandek... Sendan boshqa
bir Xudoning bandasini
sevolmayapman. Boshqa birovga nisbatan qalbimda
iliqlik his qilmayapman, his qila olmayapman. Go'yo
tug'ilganimda qulog'imga aytilgan azon bilan birga
bu hayotda sendan boshqaga ko'ngil qo'yolmasligim
ham shivirlangandek... Men shunday bir bo'shliqqa
tushib qolganmanki, na sendan
oldin kimnidir chindan
sevganman, na sendan keyin birovga ko'ngil qo'yolaman.
Bu menga berilgan jazomi yoki chorasizlikmi, bilmayman.
Birgina shu haqiqatni bilaman, men sendan boshqasini
sevolmayman. Hatto sen bilan ayrilganimizdan keyin ham
hayotimga boshqa birovni kiritmadim. Menda qoldirgan
jarohatingni o'zgasi bilan davolashga urinmadim. Vaqt
bilan tuzalishini kutdim.
Yaraga mikrob tushmasin deb,
kimdir unga qo'lini tekkizishiga ruxsat bermadim. Sening
o'rningga kimnidir qo'yish uchun, hatto
harakat ham
qilib ko'rmadim. Meni dunyolardan ortiq sevishini iddao
qilganlarni eshitmaslikka oldim.
Tuyg'ularini ko'rmaslikka oldim. Vaqt o'tib esa,
o'sha jarohat ortiq menga azob bermayotganini payqadim.
Dostları ilə paylaş: