302
Balans moddalari va ularning boshqa moliyaviy hisobot shakllaridagi
axborotlarga mosligi*
№
Ko„rsatkichlar
Buxgalteriya
balansi hisobot
shakli satri
Moliyaviy
natijalar
to„g„risida
gi hisobot
satri
Pul oqimi
to„g„risida
gi hisobot
satri
Xususiy
kapital
to„g„risida
gi hisobot
satri
1 Pul mablag‗lari
320
-
070, 080
-
2 Ustav kapitali
410
-
-
010, 080
3 Qo‗shilgan kapital
420
050, 060
-
010, 080
4
Rezerv kapitali
430
050, 060
-
010, 080
5 Sotib
olingan
xususiy
aksiyalar
440
-
-
010, 080
6 Taqsimlanmagan
foyda
(qoplanmagan zarar)
450
**
-
010, 080
7 Maqsadli tushumlar
460
-
-
010, 080
8 Kelgusi davr xarajatlari va
to‗lovlari uchun zaxiralar
470
-
-
010, 080
*-ma‘lumotlarni ochib berish yuzasidan
moliyaviy hisobotga qaydlar,
izohlar asosida nazorat raqamlarini tekshirish imkoniyatini oshirish mumkin.
**
-korxona ochilgandan buyon taqsimlanmagan foydani qayta hisob-
kitoblar qilish orqali nazorat raqamiga chiqish mumkin.
10.4. Korxona moliyaviy holatining tahlili
Korxonaning moliyaviy holati iqtisodiy kategoriya sifatida xo‗jalik
subyektining o‗z faoliyatini yuritish, rivojlantirish va o‗z-o‗zini moliyalashtirish
imkoniyatlari yuzasidan kapitalning holatini xarakterlaydi. Ya‘ni xo‗jalik
subyektining moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanish
darajasini,
ularning maqsadli
joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy
303
shaxslar bilan bo‗ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‗lovga qobillik va
moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
Korxonaning
moliyaviy
holati
uning
moliyaviy
resurslar
bilan
ta‘minlanganlik darajasini, raqobatbardoshlik va bankrotlik darajasini, moliyaviy
barqarorlik va to‗lovga qodirlik holatini, davlat va boshqa xo‗jalik subyektlari
oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodirligi kabi ko‗rsatkichlarni
tavsiflovchi
kategoriya va jarayonlar natijalari majmuini o‗z ichiga oladi.
Moliyaviy holatni o‗rganish va tahlil etish orqali xo‗jalik subyektining
samarali faoliyatini yo‗lga qo‗yish va uni o‗stirish imkoniyatlarini baholashga,
korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurlarning
kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‗stirishda
foydalanish darajalariga,
moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‗jalik
faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‗llarini
belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-
tadbirlarini belgilashga imkon tug‗iladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‗g‗ri moliyaviy siyosatni yuritishga
korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta‘sischilar),
investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning
jozibadorligini oshirish,
korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek,
moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan
foydalanish orqali erishish mumkin.
Moliyaviy holatni baholash orqali ikkita natijaviy ko‗rsatkichga ega
bo‗linadi. Birinchisi korxona boshqaruv apparatining faoliyatiga baho beriladi,
ikkinchisi moliyaviy holatning ayrim ko‗rsatkichlarini
prognozlash imkoni
tug‗iladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy hisobotlarga
quyidagicha tasnif beriladi.
Dostları ilə paylaş: