37
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali
guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‗yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb
aytiladi. Agar bitta belgi bo‗yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa
bir belgi bo‗yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash
kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‗plamni guruhlarga bo‗lish, guruhlar sonini belgilash
va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin:
• tahlilning maqsadini aniqlash;
• axborotlarni yig‗ish;
• guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‗yicha to‗plamni ranjirlash;
• to‗plamni taqsimlash intervali (oralig‗i)ni tanlash va uni guruhlarga
ajratish;
• guruhlash va omilli belgilar bo‗yicha o‗rtacha guruh ko‗rsatkichlarini
aniqlash;
• olingan o‗rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o‗zaro bog‗liqlarni va natijaviy
ko‗rsatkichga omilli ko‗rsatkichlarni ta‘sir yo‗nalishini aniqlash.
Moliyaviy tahlilda guruhlashdan ko‗pincha qiyosiy tahlilda foydalanish
mumkin.
2.7-jadval
Dostları ilə paylaş: