Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
3.8. Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning 
moliyaviy hisobot mazmuniga ta‟siri 
 
Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi, chet el investitsiyalarining mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga keng jalb etilishi xo‗jalik yurituvchi subyektlarga buxgalteriya 
hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni ham jahon standartlari talablariga 
javob beradigan darajada tashkil etish talabini qo‗ymoqda. 
Bu esa, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga tayanilgan, 
«Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida»gi Qonun va boshqa me‘yoriy hujjatlarga 
asoslangan. Buxgalteriya hisobining milliy standart (BHMS) larini ishlab chiqish 
zaruriyatini paydo qiladi. Ushbu standartlar buxgalteriya hisobi shakllari va 
usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini ta‘minlaydi. 
3.13-jadval 
O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
Buxgalteriya hisobi milliy standartlari ro„yxati 
№ 
Standartning nomi 
Kuchga kirgan 
sanasi 
BHMS 0 
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish 
1998-yil 24- avgust 


130 
uchun konseptual asos 
BHMS 1 
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot 
1998-yil 24- avgust 
BHMS 2 
Asosiy xo‗jalik faoliyatidan tushgan daromadlar 
1998-yil 4- sentyabr 
BHMS 3 
Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot 
1998-yil 4- sentyabr 
BHMS 4 
Tovar-moddiy zaxiralar 
1998-yil 28- avgust 
BHMS 5 
Asosiy vositalar 
2004-yil 30- yanvar 
BHMS 6 
Ijara hisobi 
2004-yil 2-iyul 
BHMS 7 
Nomoddiy aktivlar 
2005-yil7- iyul 
BHMS 8 
Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho‗‘ba 
xo‗jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish 
1999-yil 26- oktyabr 
BHMS 9 
Pul oqimi to‗g‗risidagi hisobot 
1998-yil 6- yanvar 
BHMS 
10 
Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami 
bo‗yicha ko‗rsatiladigan ma‘lumotlar 
1998-yil 13- dekabr 
BHMS 
11 
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab 
chiqishlarga xarajatlar 
1998-yil 6- yanvar 
BHMS 
12 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish 
1999-yil 26- yanvar 
BHMS 
14 
Xususiy kapital to‗g‗risida hisobot 
2004-yil 17- aprel 
BHMS 
15 
Buxgalteriya balansi 
2003-yil 20- mart 
BHMS 
16 
Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi 
xo‗jalik faoliyatining nazarda tutilmagan holatlari 
va yuz beradigan hodisalari 
1999-yil 1- yanvar 
BHMS 
17 
Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari 
1999-yil 1-
yanvardan 
BHMS 
19 
Inventarlashni tashkil etish va o‗tkazish 
1999-yil 2- noyabr 
BHMS 
20 
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 
soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va 
hisobotlar tuzish to‗g‗risida 
2000-yil 24- yanvar 
BHMS 
21 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi 
va uni qo‗llash bo‗yicha yo‗riqnoma 
2002-yil 23- oktyabr 
BHMS 
22 
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va 
majburiyatlarning hisobi 
2004-yil 31- may 
BHMS 
23 
Qayta tashkil etishni amalga oshirishda 
moliyaviy hisobotni shakllantirish 
2005-yil 7-iyul 
BHMS 
24 
Qarzlar bo‗yicha xarajatlar hisobi 
2009-yil 28- avgust 
Ma‘lumki, har bir mamlakatning o‗ziga xos hisob tizimi va hisobot tuzish 
usullari mavjud. Lekin kapitalning bir necha mamlakatlar miqyosida faoliyat 


131 
ko‗rsata boshlashi natijasida xalqaro hisob standartlarini ishlab chiqish zaruriyati 
paydo bo‗ldi. Ushbu masalani hal qilish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf 
etish maqsadida 1973- yilda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‗yicha 
qo‗mita tashkil etilib, qo‗mita tomonidan 2011-yil 21-fevral holatiga ―Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standarti‖ nomli 36 ta xalqaro standarti ishlab chiqilgan. 
Bundan tashqari yuqoridagi standartlarga 18 nomdagi tushuntirishlar hamda 11 
nomdagi izohlar ishlab chiqilgan. Xalqaro standartlarda belgilangan qoidalar 
tavsiyaviy tavsifga ega bo‗lib hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti rahbarlik qilish, 
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Moliya 
vazirligi zimmasiga yuklangan. Moliya vazirligi buxgalteriya hisobini tashkil etish 
va moliyaviy hisobot tuzishda ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish 
yo‗nalishida ishlar olib bormoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bugungi kungacha 0 
dan 24-songacha bo‗lgan buxgalteriya hisobining milliy standartlari ishlab chiqilib 
tasdiqlangan. Ularda hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari 
mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‗llanilayotgan 
buxgalteriya hisobi standartlari quyidagilar. 
3.14-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin