131
ko‗rsata boshlashi natijasida xalqaro hisob standartlarini ishlab chiqish zaruriyati
paydo bo‗ldi. Ushbu masalani hal qilish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf
etish maqsadida 1973- yilda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‗yicha
qo‗mita tashkil etilib, qo‗mita tomonidan 2011-yil 21-fevral holatiga ―Moliyaviy
hisobotning xalqaro standarti‖ nomli 36 ta xalqaro standarti ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari yuqoridagi standartlarga 18 nomdagi tushuntirishlar hamda 11
nomdagi izohlar ishlab chiqilgan. Xalqaro standartlarda belgilangan qoidalar
tavsiyaviy tavsifga ega bo‗lib hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti rahbarlik qilish,
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Moliya
vazirligi zimmasiga yuklangan. Moliya vazirligi buxgalteriya hisobini tashkil etish
va moliyaviy hisobot tuzishda ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish
yo‗nalishida ishlar olib bormoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bugungi kungacha 0
dan 24-songacha bo‗lgan buxgalteriya hisobining milliy standartlari ishlab chiqilib
tasdiqlangan. Ularda hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari
mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‗llanilayotgan
buxgalteriya hisobi standartlari quyidagilar.
3.14-jadval
Dostları ilə paylaş: