Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiyalash



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiyalash. 
Transformatsiya lotincha ―transformatioˮ so‗zidan olingan bo‗lib, o‗zgartirish, 
qayta tashkil etish degan ma‘noni anglatadi. 
Buxgalteriya hisobida transformatsiya deganda mamlakatimizda amal 
qilingan qonunchilikka muvofiq hisob tizimidagi qoidalar, tamoyillar, usul va 
uslublarni hamda axborotlarni boshqa mamlakat yoki xalqaro qoidalariga 
muvofiqlashtirgan holda aylantirishga aytiladi.
Moliyaviy hisobot transformatsiyasi – bu hisobot sanasi holati bo‗yicha 
buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan hisobot komponentlari 
moddalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq holda 
qayta guruhlashtirish, ularning moddalarini qayta tan olish, qayta baholash, 
tuzatishlar kiritish va qayta ochiqlashlar asosida MHXSlari hisobotlari 
axborotlarining yangi tizimiga ag‗darish va qayta tashkil qilish jarayoni 
tushuniladi. 
Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) qo‗llanilishi majburiy 
xarakterdagi hujjat emas, u tavsiyanoma xarakteriga ega. Unda milliy 
standartlaridagi kabi korxonalar taqdim etishi shart bo‗lgan moliyaviy hisobot 
shakllarini belgilamaydi. MHXSlari moliyaviy hisobotning asosiy komponentlari 
va ularda aks ettiriladigan minimal axborotlar tarkibini belgilaydi. MHXSlarni 
qo‗llash xo‗jalik yurituvchi subyektning mutlaq vakolatidagi masaladir.
MHXSlarga o‗tish yoki BHMSlar asosida tuzilgan MHXSlar asosida 
moliyaviy hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratiladi:
18
MHXSlarga o‗tish yoki BHMSlar asosida tuzilgan MHXSlar asosida 
moliyaviy hisobot tuzish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: xo‗jalik yurituvchi 
subyekt faoliyati natijalarining shaffofligini oshiradi; axborot foydalanuvchilarda 
18
―Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар‖ илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2017 
йил № 5 3, 2017 www.iqtisodiyot.uz 


134 
bitta xo‗jalik yurituvchi subyekt doirasida moliyaviy ko‗rsatkichlarni davrlar 
bo‗yicha hamda bir nechta xil xo‗jalik yurituvchi subyektlar bo‗yicha esa taalluqli 
ko‗rsatkichlarni bir-biriga solishtirib, tahlil o‗tkazish imkoniyati tug‗iladi; 
kreditorlar, aksiyadorlar, kredit beruvchi tashkilotlarda kompaniyaga ishonch 
oshadi va yuqori ishonch bilan xo‗jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga pul qo‗yadi, 
xo‗jalik yurituvchi subyektning kredit olish imkoniyati kengayadi; xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan hamkorlik yuksaladi; dunyo 
bozorlariga chiqish, xomashyo, valyuta, mehnat birjalariga, xalqaro kapital 
bozoriga chiqish imkoniyatlari tug‗iladi; kompaniya menejerlariga boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishlari uchun ishonchli, obyektiv, uyg‗un hamda o‗z vaqtida 
tizimlashgan moliyaviy axborotlarni olish imkoniyatlari yuzaga keladi; xo‗jalik 
yurituvchi subyekt faoliyatini byudjetlashtirish, rejalashtirish va strategik 
rivojlanishini baholashda zarur axborotlar ta‘min etiladi; xo‗jalik yurituvchi 
subyekt boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, xo‗jalik yurituvchi subyekt 
raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini 
yuksaltirishga erishiladi; xo‗jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiya elementlari, 
suiiste‘mollik qilish, soliq obyektlarini yashirish, talon-taroj qilish, mahalliychilik, 
xo‗jasizlik, bankrotlik holatiga olib kelish holatlari barham topadi; mehnatni 
rag‗batlantirish tizimi tubdan yaxshilanadi, moddiy manfaatdorlik oshadi, kuchli 
nazorat tizimi o‗rnatiladi; ma‘naviy muhit barqarorlashadi; xodimlarda ishiga, 
xo‗jalik yurituvchi subyektga va vataniga sodiqlik xislatlari bir-biri bilan 
uyg‗unlashadi; xodimlarda o‗z ustida ishlash va malakasini muntazam oshirish 
imkoniyatlari tug‗iladi; professionallikka qiziqish va harakat kuchayadi.
MHXSlarga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗tib 
bo‗lmaydi. Agarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar bo‗yicha 
transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, 
MHXSlarni birinchi marta qo‗llashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan 
moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shart-sharoit va ma‘lum 
tayyorgarlik ishlari olib borilishi shart. 


135 
Bu boradi mamlakatda moliya, pul-kredit, soliq, mehnat qonunchiligi dunyo 
standartlariga uyg‗un bo‗lishi, milliy valyutaning erkin konvertatsiyalanishiga 
erishish, yuqori inflyatsiya darajasi bo‗lmasligi, buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari MHXSlariga uyg‗un bo‗lishini, buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishda me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, nizomlar, 
yo‗riqnomalar va qoidalar ham bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga 
moslashtirilshi, professional buxgalterlar institutini tashkil etish, sertifikatli 
buxgalter va auditorlarning professional malakasini oshirish, SAR va CIPA 
sertifikatlarini keng joriy qilish, buxgalterlarning chet ellarda malaka oshirishini, 
chet tillarini o‗rganishi (IELTS), amaliyotchi buxgalterlarda xalqaro dasturlarda 
ishlash ko‗nikmalarini shakllantirish, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlarida 
korporativ boshqaruvni yo‗lga qo‗yish, moddiy rag‗batlantirish tizimi, etika 
qoidalarini belgilash, hisob siyosatini mukammallashtirish, xalqaro standart 
talablariga muvofiq ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishga erishish, buxgalteriya 
hisobi 
va 
moliyaviy 
hisobotni 
maxsus 
dasturlar 
asosida 
yuritilishini 
takomillashtirish lozim. 
Transformatsiya jarayonining asosiy muhim qoidalari:
-
MHXSlari bo‗yicha hisob yuritish har bir kompaniyaning mustaqil hal 
qiladigan ishi, uning zarurligi va unga o‗tishni mustaqil belgilaydi;
-
MHXSlari majburiy emas, ushbu hujjat faqat harakat qilishga turtki 
beradi;
-
MHXSlari bo‗yicha hisob yuritishda iqtisodiy mazmunning shakldan 
ustunligi amal qiladi;
-
MHXSlarni adolatli baholashga ustuvor ahamiyat qaratadi;
-
MHXSlari bo‗yicha hisob yuritish usulini (transformatsiya yoki parallel 
hisob yuritish) tanlash kompaniyaning ichki ishi;
-
transformatsiyaning yagona algoritmi va ketma-ketligi yo‗q;
-
transformatsiyaga har bir holatda individual yondashiladi;
-
transformatsiya murakkab jarayon, professional yondashuvni talab qiladi;
-
transformatsiyaning metodikasi va bosqichlari mustaqil belgilanadi;


136 
-
reklassifikatsiya, 
qayta 
baholash, 
korrektirovka 
provodkalari 
transformatsiyaning asosiy usullaridir. 
Birinchidan, milliy standartlar bo‗yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot 
komponentlari, shuningdek‚ balans, foyda va zararlar va boshqa hisobot 
moddalarining kengaytmalari aks ettirilgan analitik hisob ma‘lumotlari, kerak 
bo‗lsa boshlang‗ich hujjatlarni tayyorlash lozim.
Ikkinchidan, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini qayta 
klassifikatsiyalash, qaytadan baholash o‗tkazish. Foyda va zararlar to‗g‗risidagi 
hisobotda ham har bir tegishli moddani xalqaro standartlarga mos holda qayta 
klassifikatsiya qilish va baholash. Xuddi shuningdek, boshqa hisobot moddalarini 
ham birma-bir xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish choralarini ishlab 
chiqish kerak.
Uchinchidan, MHXSlari darajasiga yetkazish uchun tegishli to‗g‗irlashlar 
kiritish, qo‗shimcha provodkalar jadvalini ishlab chiqish kerak.
To‗rtinchidan, tegishli to‗g‗irlashlar buxgalteriya provodkalari yordamida 
kiritilgandan keyin MHXSlari talablariga muvofiq keladigan hisobotni tuzish.
Beshinchidan, MHXSlariga o‗tishda atamalardan to‗g‗ri foydalanish muhim 
rol o‗ynaydi. Milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotlardagi atamalar, 
ko‗rsatkichlarning nomlanishi, ularning qisqarmasini xalqaro standartlarga mos 
keladigan atamalarga o‗tkazish lozim. Agarda ko‗rsatkich qayta guruhlanish, 
baholash asosida qiymati xalqaro standartlarga muvofiq kelsada‚ uning nomlanishi 
muvofiq bo‗lmasa, uni o‗qish qiyinlashadi, chalkashliklarga olib keladi. Shu bois, 
atamalar tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim bo‗ladi.
Milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar 
asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga transformatsiya qilishning yagona 
metodologiyasi mavjud emas. Har bir korxona o‗zining moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyati xususiyati, resursi va xodimlarining professional darajasidan kelib chiqib 
transformatsiya jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq.
Moliyaviy hisobot transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-
sharoitlar mavjud bo‗lishi kerak:


137 
• kompaniyada MHXSlari bo‗yicha tuzilgan moliyaviy hisobotiga zaruriyat 
bo‗lishi kerak.
• milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot obyektiv, 
ishonchli, uyg‗un va buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun va O‗zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga to‗liq muvofiq kelishi kerak.
• korxonaning zamonaviy menejment, boshqaruv tizimi mavjud bo‗lishi 
kerak.
• kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo‗lishi kerak.
•kompaniyada MHXSlarini biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo‗lgan, iqtisodiy 
matematikani qo‗llay oladigan mutaxassislarga ega bo‗lishi kerak.

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin