Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Operatsion faoliyat
– xo‗jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi 
asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid 
bo‗lmagan o‗zga xo‗jalik faoliyatidir. 
Investitsiya faoliyati
– pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli 
aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishlarni o‗z ichiga 
oladi. 
Moliyaviy faoliyat
– xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‗lib, uning 
natijasida o‗z mablag‗i va qarz mablag‗lari miqdori va tarkibida o‗zgarishlar yuz 
beradi. 
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsion, 
investitsion yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‗jalik yurituvchi subyekt olgan 
pul oqimlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo‗ladi. 
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab 
qo‗yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‗zbekiston Respublikasi 
valyutasida aks ettiriladi. 
Xususiy kapital to„g„risidagi hisobot. 
Xususiy kapital (sarmoya) 
tushunchasi O‗zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi 
qonunida, BXMS da keltirilgan.
17
17
Ўзбекистон Республикасининг ―Бухгалтерия хисоби тўғрисида‖ги Қонуни 2016 йил 13-
апрель. ―Ҳисоб сиѐсати ва молиявий ҳисоботлар‖ Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти (1-сон 
БҲМС)да (рўйхат рақами 474-сон, 1998 йил 14 август, Меъѐрий ҳужжатлар ахборотномаси, 1999 
йил, 5-сон) 


127 
Xususiy 
kapital 
(sarmoya) 
– xo‗jalik yurituvchi subyektning 
majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Xususiy kapital 
(sarmoya) tarkibiga: 
- ustav kapitali; 
- qo‗shilgan kapital;
- rezerv kapitali; 
- taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi. 
Xususiy kapital (sarmoya) to‗g‗risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga 
bo‗lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. 
Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) va uning tarkibiy qismlari to‗g‗risidagi, 
ustav kapitali, qo‗shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar) sotib olingan o‗z aksiyalari va boshqa xususiy kapital 
elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak. 
Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) tarkibida bo‗lgan o‗zgarishlar: 
qimmatli qog‗ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav 
kapitalini shakllantirish chog‗ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga 
ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-
mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko‗rinishida to‗lanadigan dividendlar
shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to‗g‗risidagi 
axborotlar ochib beriladi. 
Xususiy kapital (sarmoya) to‗g‗risidagi hisobotda‚ shuningdek‚ chiqarilgan 
aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aksiyalar soni 
to‗g‗risidagi axborotlar ham ochib berilishi kerak.
Qatnashchining 
chiqib 
ketishi, 
aksiyadorlik 
jamiyati 
tomonidan 
aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni bekor qilinishi, aksiyalar 
nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko‗ra kamayib ketganligi 
haqidagi ma‘lumotlar ushbu hisobotga tushuntirishlarda ochib berilishi kerak. 
Xususiy kapital (sarmoya) to‗g‗risidagi hisobotga tushuntirishda quyidagilar 
haqidagi axborotlar keltiradilar:


128 
- obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning umumiy soni va 
nominal qiymati; 
- nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan 
aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati; 
- aksiyalarga obunaning borishi chog‗ida olingan mablag‗larning umumiy 
summasi; 
- ayrim turlar va toifalar bo‗yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar; 
- imtiyozli aksiyalar bo‗yicha to‗lanmagan jamlangan dividendlar summasi; 
- aksiyalar ko‗rinishida to‗lanadigan dividendlar, xususan, to‗lanadigan 
aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari 
to‗g‗risida; 
- hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‗shib yuborishlar va 
aksiyalarning maydalanishi yoki qo‗shib yuborilishigacha va undan keyingi 
aksiyalarning nominal qiymati to‗g‗risidagi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin