Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Moliyaviy hisobotga sharhlar. Turli xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
ko‗p qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni 
iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‗lgan barcha axborot bilan ta‘minlay 
olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qo‗shimcha ravishda 
ma‘muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xo‗jalik 
yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari 
tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi. Bu 
sharhda xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda, 
xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar 
ochib beriladi. 
Qo‗shimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob-
kitoblar - xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin 
shaklda taqdim etiladi. 


129 
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar jadvallar shaklida ham, boshqacha 
tarzda ham bo‗lishi mumkin. 
Moliyaviy 
hisobotlar 
moliyaviy 
natijalarni 
va 
boshqa 
xo‗jalik 
operatsiyalarini aks ettiradi, ularni moliyaviy hisobotlarning elementlari deb 
ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlaydi. Aktivlar
xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo‗jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan 
elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to‗g‗risidagi hisobotda 
xo‗jalik yurituvchi subyektning ko‗rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‗liq 
bo‗lgan elementlaridir. Pul mablag‗larining harakati to‗g‗risidagi hisobot faoliyat 
natijalari va buxgalteriya balansi elementlaridagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi 
hisobotning elementlaridir. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin