Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobot



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobot. 
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‗rsatkichlar quyidagilardan iborat:
Daromad/Xarajat=N*100 Foyda (zarar)/Rentabellik (2.11) 
Daromadlar
– hisobot davrida aktivlarning ko‗payishi yoxud 
majburiyatlarning kamayishidir. 
Aktivlarning ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‗liq 
bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan ko‗payishi paydo bo‗lganda, daromad 
moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu esa daromadni aks 
ettirish aktivlarining ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan 
bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi (masalan, tovarlar va xizmatlarni sotishda 
yuzaga keladigan aktivlardagi sof ko‗payish yoki kreditor qarzdan bosh tortishi 
natijasida majburiyatlarning kamayishi). 
Xarajatlar
– 
hisobot 
davrida 
aktivlarning 
kamayishi 
yoxud 
majburiyatlarning ko‗payishidir. 
Xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‗payishi bilan bog‗liq 
bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan kamayishi paydo bo‗lganda moliyaviy 
natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks ettiriladi va bu ishonchli tarzda belgilanishi 


123 
mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi ko‗payish yoki 
aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi. 
Moliyaviy natijalar
– xo‗jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar 
shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. 
Yalpi daromad xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‗lmagan 
faoliyatidan olingan daromadlarni o‗z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad 
mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan, 
shuningdek‚ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‗jalik yurituvchi 
subyektning asosiy faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan rentadan olinishi mumkin. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‗lmagan faoliyat natijasida oladigan 
daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‗z ichiga oladi va 
konseptual asosning alohida tarkibiy qismlari deb hisoblanmaydi. Birjada 
muomalada bo‗ladigan qimmatli qog‗ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy 
bo‗lmagan faoliyat natijasida paydo bo‗ladigan daromadlarga misol bo‗lib xizmat 
qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda 
e‘tirof etilsa, alohida ko‗rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular 
haqidagi axborot foydali bo‗lishi mumkin. 
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) 
– soliq qonunlariga muvofiq 
belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir. 
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish bilan mahsulot 
sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish va zararlar bilan bog‗liq xarajatlarni 
o‗z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‗lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, 
uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilish 
shaklida bo‗ladi. 
Zararlar
iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‗z tabiatiga ko‗ra 
boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida qismi deb 
hisoblanmaydi. 
Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga 
kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda 


124 
ko‗rsatiladigan bo‗lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
foydali bo‗lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida ko‗rsatiladi. 
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda qarorlar 
qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat 
turlarini chegaralash yo‗li bilan ko‗rsatilishi mumkin. Masalan, xo‗jalik yurituvchi 
subyektning odatdagi faoliyati davomida va faoliyat jarayonidagi favqulodda 
holatlarda yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarning moddalari o‗rtasidagi 
chegara umumiy qabul qilingan amaliyotdir. Bunday chegaralash xo‗jalik 
yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‗larini ko‗paytirish qobiliyatiga baho 
berishda ahamiyatli bo‗lgan moddalarning manbalari asosida o‗tkaziladi. 
Moddalarni chegaralashda xo‗jalik yurituvchi subyektning tabiati va uning 
faoliyati bilan hisoblashish kerak.
Sotishdan tushgan yalpi 
moliyaviy natija (Yamn) 

Mahsulotni (ish, xizmatni) 
sotishdan kelgan sof tushum 
(St) 

Sotilgan 
mahsulot 
(ish, xizmat) tannarxi 
(Tn) 
Asosiy ishlab chiqarish 
faoliyatining moliyaviy 
natijasi (Mfmn) 

YaMN 

Davr xarajatlari 
(Dx) 

Boshqa 
operatsion 
daromadlar (Bd) 
Moliyaviy faoliyat 
natijasi (Mfn) 

Moliyaviy faoliyatdan 
kelgan daromadlar (Mfd) 

Moliyaviy faoliyatga 
ketgan xarajatlar 
(Mfx) 
Tasodifiy (favqulodda) 
foyda yoki zarar (Tf) 
(Tz) 

Tasodifiy daromad (Td) 

Tasodifiy xarajat (Tx) 
Soliq to‗langanga qadar 
umumiy moliyaviy 
natija foyda (Yaf) 

Asosiy ishlab chiqarish 
faoliyatining moliyaviy 
natijasi (Mfmn) 

Mfn 

Tf 
Sof foyda (Sf) 

Soliq to‗langanga qadar 
umumiy moliyaviy natija 
foyda Yaf 

Soliqlar va ajratmalar 
(S) 
Taqsimlanmagan foyda 
(Tmf) 

Sof foyda (Sf) 

Dividendlar (Dv) 
 
3.1-chizma. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin