3.10. Auditor xulosalarini ko„rib chiqish. Auditdan o„tkazilmagan
hisobotlar.
Auditorlik xulosasi yuridik kuchga ega bo‗lgan muhim hujjatlardan biridir.
Xulosa asosida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning bir yillik moliya-xo‗jalik
faoliyatiga baho beriladi.
Auditorlik xulosasining quyidagi turlari mavjud: Auditorlik xulosasining
ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi. Ijobiy
auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko‗rsatkichlarining
ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko‗ra ijobiy auditorlik
xulosasi auditorlik tashkiloti xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti
uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo‗jalik muomalalarining
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks
ettiradi‚ degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Salbiy auditorlik xulosasi
moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to‗g‗risida ishonarli ma‘lumot
bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo‗jalik faoliyati hisobi
amaldagi me‘yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda
tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o‗z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarni chalg‗itishi mumkin.
Tahlilning ishonchli axborot manbalariga egaligini zaruriy kafolati bu
birinchi navbatda moliyaviy hisobotlarni auditorlik nazoratidan o‗tganligi va
xulosalanganligiga bog‗liq.
144
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‗ra ho‗jalik
yurituvchi subyektda quyidagilarga baho berishi lozim
24
:
-
auditorlik faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish
uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
- alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib
ko‗rsatishlar auditorlik faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim
hisoblanishiga;
- qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya
hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
- moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli,
tushunarli va o‗rinli ekanligiga;
- moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga
doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan
fikri bilan ifodalanishi mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik
munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks
ettirsa va buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan
hollarda ijobiy fikr bildiriladi.
Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi:
- olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‗rilayotgan moliyaviy
hisobot muhim buzib ko‗rsatishlarga ega bo‗lsa;
- umumiy holda ko‗rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib
ko‗rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli auditorlik
dalillarini olish imkoniyati bo‗lmasa.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan
bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik amallari
bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab olishi lozim:
24
Молия вазирининг буйруғи
(рўйхат рақами 2844, 2016 йил 1 декабрь)
билан Ўзбекистон
Республикаси аудиторлик фаолиятининг миллий стандарти (70-сон АФМС) "Молиявий ҳисобот
тўғрисидаги аудиторлик ҳисоботи ва аудиторлик хулосаси" тасдиқланди.
145
qo‗llanilayotgan hisob siyosatini; xo‗jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat
tizimini; buxgalteriya hisobi tizimi va moliyaviy hisobot tuzilishini; moliyaviy-
xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini; soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblash va
to‗lashning to‗g‗riligini; aktivlar saqlanishining ta‘minlanganligini; moliyaviy
koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini o‗z ichiga oladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va ularning tahlili quyidagilarni
o‗z ichiga qamrab oladi:
-
tekshirilgan
moliyaviy
hisobot
asosida
hisoblangan
moliyaviy
koeffitsiyentlar tahlili;
- o‗tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xo‗jalik yurituvchi subyektning
moliyaviy holati to‗g‗risida ma‘lumot.
Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish
auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan
kelishgan holda amalga oshiriladi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib
ko‗rsatishlar mavjud bo‗lsa va ularning xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan
bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‗itishi mumkin
bo‗lgan hollarda auditorlik tashkiloti salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasini
tuzadi.
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi:
- xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‗jalik
operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun
hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda;
- xo‗jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib ko‗rsatishlarni
bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi
bo‗lmaganda.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy
hisobotda aniqlangan buzib ko‗rsatishlarni bartaraf etsa salbiy fikr bildirilmaydi.
146
Auditorlik xulosasi yozma ko‗rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik
xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi ko‗rsatilgan va
imzolangan moliyaviy hisobotning nusxasi ilova qilinadi.
Auditorlik xulosasini olish barcha uchun majburiy hisoblanmaydi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda tashqi buxgalterlarga yoki autsorsing
xizmatlari bo‗yicha maxsus firmalarga murojaat qiluvchi ko‗pgina korxonalarni
auditdan o‗tkazish ma‘lum bir xarajatlar qilinishi talab qilganligi sababli doimo
ham auditorlar xizmatidan foydalanavermaydilar. Bunday holatlarda analitiklar
oldida qator vazifalar yuklanadi:
- moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar qanchalik tajribali va uddaburonligini;
- tuzilgan moliyaviy hisobotlar qanchalik ishonchli, to‗liqligiga;
- barcha majburiyatlar hisobga olinganmi yoki yo‗qmi;
- agar moliyaviy hisobotlarni yetuk mutaxassislar tomonidan tuzilganligi
qayd etilgan holda, ularning mustaqilligi qay darajada ta‘minlanganligiga;
- moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar korxonaning shaxsiy tarkibida doimiy
turishiga;
- moliyaviy hisobot tuzuvchilarni aktivlar qiymatini aniqlashda va
majburiyatlarni hisobga olishda obyektiv yondashganlik darajasiga;
- korxona rahbarining moliyaviy hisobotlarni tuzishga ta‘sir darajasiga baho
berish talab etiladi.
Auditorlik xulosalari talab etilmaydigan axborot manbaalariga soliq
hisobotlari, shaxsiy jamg‗arib boriladigan pensiya jamg‗armalari, sug‗urta
badallari bo‗yicha hisobotlar va boshqa axborot manbalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |