3.9. Iqtisodiy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik,
turli korxonalar o„rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari)
Iqtisodiy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop
etilgan adabiyotlar soni shu darajada ko‗pki‚ ularni o‗rganish asosida bitta
xulosaga kelish mumkin, ya‘ni xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat
samaradorligi va uning natijaviyligini baholash doimo keng qiziquvchilar
(menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e‘tiboridagi muhim masalalardan biri
bo‗lgan. Moliyaviy holat va undagi o‗zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bo‗lib
o‗tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi
kutilishlari ham bashorat qilinadi
19
. Bu esa raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida
yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
19
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
19
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр
138
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi o‗zgarishlarni
baholash, tahlil etishda O‗zbekiston va xorij amaliyotining o‗xshash jihatlari juda
ko‗p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida
ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va
auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal
etilmoqda. Ya‘ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona ―biznes tili‖ rasmiy
jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida
rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi o‗zgarishlarni tahlil
etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda
yuritiladi.
Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlari xo‗jalik yuritish shart-
sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish qoidalarida,
uslubiy jihatlarda‚ shuningdek‚ ko‗proq nazariy asoslarda ko‗rish mumkin.
Shuningdek, xo‗jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda ko‗p farqli
jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning iqtisodiy rivojlanishi
va boshqaruvning farqli jihatlari bilan xarakterlanadi
20
.
Xo‗jalik
yuritishning
farqli
jihatlari
albatta
axborot
oqimini
shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta‘sir etadi. Bitta, xo‗jalik
yurituvchi subyektlarni yirik, o‗rta va kichik biznes subyektlari qatoriga
kiritishning o‗zi ham davlatlar o‗rtasida tubdan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat
oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar
orqali) hal etishga emas‚ balki birinchi navbatda mulk egasi va menejerlarning
samarali boshqaruvini ta‘minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga
qaratilgan.
20
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
20
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр
139
Moliyaviy tahlil etishdagi o‗xshash jihatlarni buxgalteriya hisobining muhim
tamoyili bo‗lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izohlash mumkin.
Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan O‗zbekistondagi xo‗jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va
ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.
Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning asosiy
shakli ―Buxgalteriya balansi‖ (1-shakl) rasmiy tuzilishi va mazmun bo‗yicha xorij
amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.
Juda ko‗p mualliflar xo‗jalik subyektlarining moliyaviy holatiga baho
berishning muhim manbasi bo‗lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy
tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bo‗yicha qayta tarkiblanishi
va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham tushunarli bo‗lishi lozimligini qayd
etadilar
21
.
Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim farqlanishlar
kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini kuzatish mumkin.
O‗zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda
quyidagi tarkibiy ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1. Likvidlik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu ko‗rsatkichlar tizimi
―liquidity ratios‖
22
deb nomlanadi.
21
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили,
дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б.,
Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск:
РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф. Молиявий ва бошкарув
тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной
деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 с.ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
,
Карлин Т.Р.
Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. —
ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика.
2003, -622 ст.,
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика
2007. 367 стр
22
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 646 бет.
140
2. Moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu
ko‗rsatkichlar tizimi ―financial leverage
23
‖ deb, ayrim manbalarda ―leverage
ratios‖ deb nomlanadi.
3. Foyda, rentabellik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur
ko‗rsatkichlar tizimi ―profitability ratios‖ deb nomlanadi.
4. Ish aktivligi ko‗rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu ko‗rsatkichlar tizimi
―efficiency ratios‖ deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‗zbekiston va xalqaro
amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yo‗q. Muammo nimada.
Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy, metodologik
asoslarning bir-biridan farq etishida deyish mumkin.
Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari, kompaniyalar
ko‗rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‗u beriladi. Mazkur
ko‗rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi aksiyalar soniga nisbati;
dividend to‗lovlarining sof foydadagi salmog‗i; aksiyalarga yillik dividend
to‗lovlarining ularning o‗rtacha bozor qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor
bahosining va bitta aksiyaga to‗g‗ri keladigan sof foyda nisbati ko‗rsatkichlari
kiritiladi. Mazkur ko‗rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi
ko‗rsatkichlariga baho beriladi. O‗zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi
moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat
samaradorligining muhim ko‗rsatkichlari siftida alohida o‗rganiladi. Mazkur
tahliliy ko‗rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy o‗rganishning zaruriy jihatlari va
ahamiyatliligi korxonalarning moliya bozoridagi ishtiroki hamda aktivligining qay
darajadaligi bilan belgilanadi. Ya‘ni bozor aktivligi ko‗rsatkichlarini baholash
orqali investitsion faollik, jozibadorlik ko‗rsatkichlari baholanadi.
Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda ko‗pincha yirik va shon-
shuhratga ega bo‗lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, Pepsi-Cola, Adidas va
boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi va yakuniy
23
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 479- бет.
141
xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy holatiga tashxis beriladi va kelgusida
kompaniyani rivojlantirish, moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim
starategiyalar beriladi.
Korxonalar moliyaviy holatini O‗zbekiston amaliyotida kompleks o‗rganish
amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada
O‗zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog‗-kon
metallurgiya kombinatlari, O‗zbekiston temir yo‗llari, O‗zbekiston havo yo‗llari,
avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma‘lumotlari asosidagi real tahliliy
xulosalar uchratilmaydi. Ko‗pincha, analitik hisob-kitoblar taxminiy, o‗ylab
topilgan manbalar asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real
manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‗zgarishlarda ham
kuzatiladi. Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va
tarmoq bo‗g‗inlari bo‗yicha farqli jihatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.
Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni ko‗rsatkichlarning turlicha
nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot aktivlar, qisqa muddatli
majburiyatlarning joriy majburiyatlar, kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida,
uzoq muddatli aktivlarning oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan
aktivlar tarzida nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy
aktivlar, o‗z mablag‗lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy
natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish tartiblaridagi
(yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxo‗jalik faoliyati natijasi, soliq
to‗loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT, EBITDA) farqli jihatlarda ko‗rish
mumkin. Shu sababli, chop etiladigan manbalarda ko‗rsatkichlarning hisob-
kitoblarida ma‘lumotlar real (aniq korxona misolidagi) moliyaviy hisobotlar va
manbalarning hisobotlarni qaysi shakl va satrlaridan olinishi ham aniq ko‗rsatilgan
holda berilmog‗i lozim. Shu yo‗l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini
ta‘minlash mumkin.
Sohada, eng muhim muammolarni hal etishning muhim yo‗li bu moliyaviy
hosobotlarni shakli va mazmuni bo‗yicha xalqaro normalarga mos keltirishdir.
142
Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta
ishlashning kompyuter dasturlarini yaratilmaganligi ham sohaga oid muammolarni
biroz chigallashtirmoqda. Bu boradagi ishlar boshlanganiga qaramasdan haliga
qadar litsenziya olingan dasturiy ta‘minotlar yaratilmagan.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qo‗shimcha manbalarga juda ko‗p
zaruriyat tug‗iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning ishonchligi, tezkorligi,
aniqligi, asosligi kabi qator muammolarga duch kelinmoqda. Bu jarayonlar
ko‗proq xo‗jalik subyektlarining fond bozori, qimmatli qog‗ozlar bozori, bozor va
ish aktivligini baholashda‚ ayniqsa qiynchiliklar tug‗dirmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‗yicha eng muhim
muammolardan bittasi bu ular bo‗yicha ma‘murchilik xarajatlarining haddan
tashqari ortib ketishi bilan bog‗liqdir. Ma‘murchilik xarajatlarining hisobi va ularni
me‘yorlash bo‗yicha hech qanday tartiblar va qoidalar belgilanmaganligi analitik
tahlilchilarning ish unumiga ta‘sir qilmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xalqaro standartlardagi normalarga amal
etishda yagona yondashuvning yo‗qligi, ularni har bitta xo‗jalik yurituvchi subyekt
o‗ziga xos tarzda qo‗llashidagi xilma xilliklar mavjudligi ham o‗tkir
muammolardan bittasi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda jahon bozoriga chiqishda
ularning qay darajada ahamiyatli ekanligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada
asoslanmaganligi ham ushbu sohada ishlarning jadal rivojlanishiga ta‘sir etmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarida elektron
hisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona, banklar
hisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli bo‗g‗in bo‗yicha
mijozlarning umumlashgan axborotlarini olish imkoniyatlari ta‘minlanmagan. Bu
esa o‗z navbatida qiyosiy tahlilni amalga oshirishda qiyinchilik tug‗dirmoqda.
Ya‘ni, korxonalar o‗rtasida qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma
xillik, turlicha hisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli
ta‘sir etmoqda.
Inflyatsiya ta‘sirini ham albatta chetlab o‗tishning imkoni yo‗q. Bu jihat
sondagi o‗zagrishlardan sifat o‗zgarishlarga o‗tish imkonini bermaydi. Inflyatsiya
143
darajasining yuqoriligi ko‗rsatkichlarning qiyosiyligini, o‗zgarishini aniq
baholashga imkon bermaydi. Shu sababli ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda
inflyatsiya, giper inflyatsiya amal etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim.
Bu jihat o‗zgarishlardan himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro
standartlarida aniq va yorqin ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: |