Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Korxonada moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko„rsatkichlar



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Korxonada moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko„rsatkichlar 
va ularni aniqlash yo„llari 


125 
Daromadlar va xarajatlarning moddalari o‗rtasidagi chegara hamda ularning 
har xil kombinatsiyalari ham xo‗jalik yurituvchi subyektning ish natijalarini 
ko‗rsatish imkoniyatini beradi. Bunday bo‗limlar har xil moddalarni o‗z ichiga 
oladi. Masalan, moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot soliqqa tortilgungacha va 
undan keyingi moliyaviy-xo‗jalik faoliyatidan olingan daromadni ko‗rsatadi. 
Omonat egalarining xususiy sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi; xususiy 
sarmoyaning egalari o‗rtasida taqsimlanishi xarajat hisoblanmaydi. Daromadlar va 
xarajatlarni aniqlash ularning asosiy farq qiluvchi jihatlarini ochib beradi, lekin 
ularni moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda e‘tirof etishdan oldin javob 
berishi lozim bo‗lgan mezonlarni aniqlashtirmaydi. 
Hisobot davridagi sof daromad yoki zarar quyidagi elementlar asosida 
aniqlanadi, ularning har biri moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda ochib 
berilishi lozim: 
– Xo‗jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‗rilgan zarar; 
– Favqulodda daromad (zarar); 
– Daromad solig‗i to‗langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki 
zarar); 
– Daromad solig‗idan tashqari sof foyda. 
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi muhim ko‗rsatkichlarni aniqlash usulini 
quyidagi chizmada ko‗rib chiqish mumkin (2.1-chizma).
Pul oqimlari to„g„risidagi hisobot.
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot undan 
foydalanuvchilarga xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi 
o‗zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani 
va qancha pul chiqqani to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlaydi. 
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar uchun xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini va 
ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‗lib xizmat 
qilish bilan foydalidir. Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot pul tushumlari va 
to‗lovlarni uchta asosiy toifaga ajratadi:
- operatsion faoliyat; 


126 
- investitsiya faoliyati;
- moliyaviy faoliyat.
Har uch toifaning pul mablag‗iga birgalikda ta‘siri hisobot davrida pul 
mablag‗ining sof o‗zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‗g‗risidagi 
axborot bo‗lajak pul oqimlari prognozi to‗griligini tekshirish chog‗ida, foyda olish 
va pul oqimlarining sof harakati va narx o‗zgarishi ta‘siri o‗rtasidagi aloqalarni 
tahlil qilish chog‗ida zarur bo‗ladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin