123
mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi ko‗payish yoki
aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi.
Moliyaviy natijalar
– xo‗jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar
shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Yalpi daromad xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‗lmagan
faoliyatidan olingan daromadlarni o‗z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad
mahsulot, ishlar,
xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan,
shuningdek‚ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‗jalik
yurituvchi
subyektning asosiy faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan rentadan olinishi mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‗lmagan faoliyat natijasida oladigan
daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‗z ichiga oladi va
konseptual asosning alohida tarkibiy qismlari deb hisoblanmaydi. Birjada
muomalada bo‗ladigan qimmatli qog‗ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy
bo‗lmagan faoliyat natijasida paydo bo‗ladigan daromadlarga misol bo‗lib xizmat
qilishi mumkin.
Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda
e‘tirof etilsa, alohida ko‗rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular
haqidagi axborot foydali bo‗lishi mumkin.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar)
– soliq qonunlariga muvofiq
belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish bilan mahsulot
sotish,
ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish va zararlar bilan bog‗liq xarajatlarni
o‗z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‗lari, moddiy zaxiralar, inshootlar,
uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilish
shaklida bo‗ladi.
Zararlar
iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‗z tabiatiga ko‗ra
boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual
asosning alohida qismi deb
hisoblanmaydi.
Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga
kelishi mumkin. Bunday zararlar moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda
124
ko‗rsatiladigan bo‗lsa, ular haqidagi axborot iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda
foydali bo‗lishi mumkin va shuning uchun ham ular alohida ko‗rsatiladi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda qarorlar
qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat
turlarini chegaralash yo‗li bilan ko‗rsatilishi mumkin. Masalan, xo‗jalik yurituvchi
subyektning odatdagi faoliyati davomida va faoliyat
jarayonidagi favqulodda
holatlarda yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarning moddalari o‗rtasidagi
chegara umumiy qabul qilingan amaliyotdir. Bunday chegaralash xo‗jalik
yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‗larini ko‗paytirish qobiliyatiga baho
berishda ahamiyatli bo‗lgan moddalarning manbalari asosida o‗tkaziladi.
Moddalarni chegaralashda xo‗jalik yurituvchi subyektning tabiati va uning
faoliyati bilan hisoblashish kerak.
Sotishdan tushgan yalpi
moliyaviy natija (Yamn)
=
Mahsulotni (ish, xizmatni)
sotishdan kelgan sof tushum
(St)
-
Sotilgan
mahsulot
(ish, xizmat) tannarxi
(Tn)
Asosiy ishlab chiqarish
faoliyatining moliyaviy
natijasi (Mfmn)
=
YaMN
-
Davr
xarajatlari
(Dx)
+
Boshqa
operatsion
daromadlar (Bd)
Moliyaviy faoliyat
natijasi (Mfn)
=
Moliyaviy faoliyatdan
kelgan daromadlar (Mfd)
-
Moliyaviy faoliyatga
ketgan xarajatlar
(Mfx)
Tasodifiy (favqulodda)
foyda yoki zarar (Tf)
(Tz)
=
Tasodifiy daromad (Td)
-
Tasodifiy xarajat (Tx)
Soliq to‗langanga qadar
umumiy moliyaviy
natija foyda (Yaf)
=
Asosiy ishlab chiqarish
faoliyatining moliyaviy
natijasi (Mfmn)
+
Mfn
+
Tf
Sof foyda (Sf)
=
Soliq to‗langanga qadar
umumiy moliyaviy natija
foyda Yaf
-
Soliqlar va ajratmalar
(S)
Taqsimlanmagan foyda
(Tmf)
=
Sof foyda (Sf)
-
Dividendlar (Dv)
3.1-chizma.
Dostları ilə paylaş: