122
Diskontlangan qiymat.
Aktivlar xo‗jalik yurituvchi subyektning normal
faoliyati davomida aktivlarni ko‗paytirishi lozim bo‗lgan bo‗lg‗usi pul mablag‗lari
tushumining diskontlangan qiymati bo‗lgan joriy qiymat bo‗yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‗tkaziladigan pul mablag‗larining diskontlangan
qiymatidan iborat bo‗lgan, xo‗jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati
davomida majburiyatlarni to‗lash uchun foydalanilishi mumkin bo‗lgan joriy
qiymat bo‗yicha aks ettiriladi.
Balans qiymati
. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va
majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda
boshlang‗ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda
baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: