Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

3.9. Iqtisodiy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik
turli korxonalar o„rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari) 
Iqtisodiy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop 
etilgan adabiyotlar soni shu darajada ko‗pki‚ ularni o‗rganish asosida bitta 
xulosaga kelish mumkin, ya‘ni xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat 
samaradorligi va uning natijaviyligini baholash doimo keng qiziquvchilar 
(menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e‘tiboridagi muhim masalalardan biri 
bo‗lgan. Moliyaviy holat va undagi o‗zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bo‗lib 
o‗tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi 
kutilishlari ham bashorat qilinadi
19
. Bu esa raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida 
yanada muhim ahamiyat kasb etadi. 
19
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
19

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр


138 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi o‗zgarishlarni 
baholash, tahlil etishda O‗zbekiston va xorij amaliyotining o‗xshash jihatlari juda 
ko‗p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida 
ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va 
auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal 
etilmoqda. Ya‘ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona ―biznes tili‖ rasmiy 
jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida 
rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi o‗zgarishlarni tahlil 
etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda 
yuritiladi.
Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlari xo‗jalik yuritish shart-
sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish qoidalarida, 
uslubiy jihatlarda‚ shuningdek‚ ko‗proq nazariy asoslarda ko‗rish mumkin.
Shuningdek, xo‗jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda ko‗p farqli 
jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning iqtisodiy rivojlanishi 
va boshqaruvning farqli jihatlari bilan xarakterlanadi
20
.
Xo‗jalik 
yuritishning 
farqli 
jihatlari 
albatta 
axborot 
oqimini 
shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta‘sir etadi. Bitta, xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarni yirik, o‗rta va kichik biznes subyektlari qatoriga 
kiritishning o‗zi ham davlatlar o‗rtasida tubdan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat 
oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar 
orqali) hal etishga emas‚ balki birinchi navbatda mulk egasi va menejerlarning 
samarali boshqaruvini ta‘minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga 
qaratilgan.
20
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
20

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр


139 
Moliyaviy tahlil etishdagi o‗xshash jihatlarni buxgalteriya hisobining muhim 
tamoyili bo‗lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izohlash mumkin. 
Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan O‗zbekistondagi xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va 
ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.
Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning asosiy 
shakli ―Buxgalteriya balansi‖ (1-shakl) rasmiy tuzilishi va mazmun bo‗yicha xorij 
amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.
Juda ko‗p mualliflar xo‗jalik subyektlarining moliyaviy holatiga baho 
berishning muhim manbasi bo‗lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy 
tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bo‗yicha qayta tarkiblanishi 
va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham tushunarli bo‗lishi lozimligini qayd 
etadilar
21
.
Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim farqlanishlar 
kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini kuzatish mumkin.
O‗zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda 
quyidagi tarkibiy ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1. Likvidlik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu ko‗rsatkichlar tizimi 
―liquidity ratios‖
22
deb nomlanadi.
21
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили, 
дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б., 
Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск: 
РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф. Молиявий ва бошкарув 
тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной 
деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 с.ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by

Карлин Т.Р. 
Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. — 
ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика. 
2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика 
2007. 367 стр
22
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 646 бет. 


140 
2. Moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu 
ko‗rsatkichlar tizimi ―financial leverage
23
‖ deb, ayrim manbalarda ―leverage 
ratios‖ deb nomlanadi.
3. Foyda, rentabellik ko‗rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur 
ko‗rsatkichlar tizimi ―profitability ratios‖ deb nomlanadi.
4. Ish aktivligi ko‗rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu ko‗rsatkichlar tizimi 
―efficiency ratios‖ deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‗zbekiston va xalqaro 
amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yo‗q. Muammo nimada. 
Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy, metodologik 
asoslarning bir-biridan farq etishida deyish mumkin. 
Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari, kompaniyalar 
ko‗rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‗u beriladi. Mazkur 
ko‗rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi aksiyalar soniga nisbati; 
dividend to‗lovlarining sof foydadagi salmog‗i; aksiyalarga yillik dividend 
to‗lovlarining ularning o‗rtacha bozor qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor 
bahosining va bitta aksiyaga to‗g‗ri keladigan sof foyda nisbati ko‗rsatkichlari 
kiritiladi. Mazkur ko‗rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi 
ko‗rsatkichlariga baho beriladi. O‗zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi 
moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat 
samaradorligining muhim ko‗rsatkichlari siftida alohida o‗rganiladi. Mazkur 
tahliliy ko‗rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy o‗rganishning zaruriy jihatlari va 
ahamiyatliligi korxonalarning moliya bozoridagi ishtiroki hamda aktivligining qay 
darajadaligi bilan belgilanadi. Ya‘ni bozor aktivligi ko‗rsatkichlarini baholash 
orqali investitsion faollik, jozibadorlik ko‗rsatkichlari baholanadi.
Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda ko‗pincha yirik va shon-
shuhratga ega bo‗lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, Pepsi-Cola, Adidas va 
boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi va yakuniy 
23
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published 
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 479- бет. 


141 
xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy holatiga tashxis beriladi va kelgusida 
kompaniyani rivojlantirish, moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim 
starategiyalar beriladi.
Korxonalar moliyaviy holatini O‗zbekiston amaliyotida kompleks o‗rganish 
amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada 
O‗zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog‗-kon 
metallurgiya kombinatlari, O‗zbekiston temir yo‗llari, O‗zbekiston havo yo‗llari, 
avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma‘lumotlari asosidagi real tahliliy 
xulosalar uchratilmaydi. Ko‗pincha, analitik hisob-kitoblar taxminiy, o‗ylab 
topilgan manbalar asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real 
manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‗zgarishlarda ham 
kuzatiladi. Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va 
tarmoq bo‗g‗inlari bo‗yicha farqli jihatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.
Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni ko‗rsatkichlarning turlicha 
nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot aktivlar, qisqa muddatli 
majburiyatlarning joriy majburiyatlar, kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida, 
uzoq muddatli aktivlarning oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan 
aktivlar tarzida nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy 
aktivlar, o‗z mablag‗lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy 
natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish tartiblaridagi 
(yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxo‗jalik faoliyati natijasi, soliq 
to‗loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT, EBITDA) farqli jihatlarda ko‗rish 
mumkin. Shu sababli, chop etiladigan manbalarda ko‗rsatkichlarning hisob-
kitoblarida ma‘lumotlar real (aniq korxona misolidagi) moliyaviy hisobotlar va 
manbalarning hisobotlarni qaysi shakl va satrlaridan olinishi ham aniq ko‗rsatilgan 
holda berilmog‗i lozim. Shu yo‗l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini 
ta‘minlash mumkin. 
Sohada, eng muhim muammolarni hal etishning muhim yo‗li bu moliyaviy 
hosobotlarni shakli va mazmuni bo‗yicha xalqaro normalarga mos keltirishdir.


142 
Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta 
ishlashning kompyuter dasturlarini yaratilmaganligi ham sohaga oid muammolarni 
biroz chigallashtirmoqda. Bu boradagi ishlar boshlanganiga qaramasdan haliga 
qadar litsenziya olingan dasturiy ta‘minotlar yaratilmagan. 
Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qo‗shimcha manbalarga juda ko‗p 
zaruriyat tug‗iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning ishonchligi, tezkorligi, 
aniqligi, asosligi kabi qator muammolarga duch kelinmoqda. Bu jarayonlar 
ko‗proq xo‗jalik subyektlarining fond bozori, qimmatli qog‗ozlar bozori, bozor va 
ish aktivligini baholashda‚ ayniqsa qiynchiliklar tug‗dirmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‗yicha eng muhim 
muammolardan bittasi bu ular bo‗yicha ma‘murchilik xarajatlarining haddan 
tashqari ortib ketishi bilan bog‗liqdir. Ma‘murchilik xarajatlarining hisobi va ularni 
me‘yorlash bo‗yicha hech qanday tartiblar va qoidalar belgilanmaganligi analitik 
tahlilchilarning ish unumiga ta‘sir qilmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xalqaro standartlardagi normalarga amal 
etishda yagona yondashuvning yo‗qligi, ularni har bitta xo‗jalik yurituvchi subyekt 
o‗ziga xos tarzda qo‗llashidagi xilma xilliklar mavjudligi ham o‗tkir 
muammolardan bittasi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda jahon bozoriga chiqishda 
ularning qay darajada ahamiyatli ekanligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada 
asoslanmaganligi ham ushbu sohada ishlarning jadal rivojlanishiga ta‘sir etmoqda. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarida elektron 
hisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona, banklar 
hisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli bo‗g‗in bo‗yicha 
mijozlarning umumlashgan axborotlarini olish imkoniyatlari ta‘minlanmagan. Bu 
esa o‗z navbatida qiyosiy tahlilni amalga oshirishda qiyinchilik tug‗dirmoqda. 
Ya‘ni, korxonalar o‗rtasida qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma 
xillik, turlicha hisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli 
ta‘sir etmoqda. 
Inflyatsiya ta‘sirini ham albatta chetlab o‗tishning imkoni yo‗q. Bu jihat 
sondagi o‗zagrishlardan sifat o‗zgarishlarga o‗tish imkonini bermaydi. Inflyatsiya 


143 
darajasining yuqoriligi ko‗rsatkichlarning qiyosiyligini, o‗zgarishini aniq 
baholashga imkon bermaydi. Shu sababli ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda 
inflyatsiya, giper inflyatsiya amal etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim. 
Bu jihat o‗zgarishlardan himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro 
standartlarida aniq va yorqin ifodasini topgan. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin