I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

auksinlar
deb ataladigan maxsus 
biologik faol moddalar kiradi. Ular o‘simlikning hosil qiluvchi to‘qimalarida ishlab chiqariladi 
va o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini nazorat qiladi. Yorug‘lik, namlik, harorat, atmosfera 
bosimi, tuproq tarkibidagi suv va minerallar tashqi omillar hisoblanadi. Mutaxassislarning 
aniqlashicha, tuproq tarkibidagi birorta mineralning yetishmasligi o‘simlik o‘sishi va rivojla-
nishining susayishiga olib keladi. 
Novdaning uchki kurtagidagi boshlang‘ich barglar orasida o‘sish konusi joylashgan. O‘sish 
konusining hujayralari doim bo‘linib turadi. Natijada hujayralar soni ko‘paya boradi va poya-
ning uchki qismi bo‘yiga o‘sadi. Yon novdalarning uchki qismida ham o‘sish konusiga ega uchki 
kurtak bo‘lib, ularning bo‘linishi hisobiga yon novdalar ham bo‘yiga o‘sadi.
Poyaning o‘suvchi qismidagi hujayralarga oziq moddalar ko‘p yetib borsa, ular shuncha 
tez bo‘linadi va o‘sadi. Shuning uchun ham bahorda kunlar isishi bilan o‘simliklar tez o‘sa 
boshlaydi 
(
10.15-rasm)
.
10.12-rasm
. Ikki urug‘pallali o‘simliklar 
urug‘i ning unib chiqishi (postembriogenez).
10.13-rasm
. Bir urug‘pallali o‘simliklar 
urug‘ining unib chiqishi (postembriogenez).
10.14-rasm

Kungaboqar o‘simligining 
ontogenezi. 


147
Agar poyaning uchi kesib (chilpib) tashlansa, o‘simlik bo‘yiga o‘smaydi. Bu hol ko‘plab yosh 
yon novdalar ning o‘sib chiqishiga sharoit yaratadi. Novdaning bu xususiyatidan o‘simliklarga 
shakl berishda va ulardan mo‘l hosil olishda foydalaniladi 
(
10.16-rasm)
.
Bahor kelib, o‘simliklarda shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar 
qatori kambiyga ham yetib boradi. Oziq moddalar va suv bilan ta’minlangan kambiy hujay
-
ralari bo‘lina boshlaydi. Bo‘lingan hujayralarning ko‘p qismi kambiydan ichki tomonga qarab 
o‘sib, yog‘ochlik (ksilema) hujayralariga aylanadi. Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga 
qarab o‘sadi va lub (floema) hujayralariga aylanadi. Shuning uchun yog‘ochlik lubga qara
-
ganda yo‘g‘on bo‘ladi.
Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko‘p borganidan uning bo‘lingan hujayralari yirik 
bo‘ladi. Yoz kelib, kunlar isishi bilan kambiyga boradigan oziq kamaya boradi, natijada bo‘lina
-
digan hujayralar maydalashadi. Kuzga borib, kambiy hujayralari bo‘linishdan to‘xtaydi, kelgusi 
yil bahorda bu jarayon yana takrorlanadi. Shunday qilib, har yili bahordan kuzgacha yangi 
yog‘ochlik qavati halqasi hosil bo‘ladi va u oldingi yillari hosil bo‘lgan yog‘ochlikni tashqi to
-
mondan o‘rab oladi. Ular 
yillik halqalar
deb nomlanadi 
(
10.17-rasm)
.
O‘sish va rivojlanish o‘simliklarning barcha organlari to‘liq shakllanishini ta’minlaydi. Nati
-
jada yetuk o‘simlik ko‘payadi va nasl qoldiradi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin