Instinkt – hayvonlarda murakkab xatti-harakat
va xulq-atvor bilan bog‘liq tug‘ma reflekslar.
Irsiyat –
ota-ona belgi va xususiyatlarining
avlodlarda namoyon bo‘lishi.
Ixtiologiya – baliqlarni o‘rganuvchi fan.
Kollenxima tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloro
-
plastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida,
yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi.
Konsumentlar (lotincha
consumo – “iste’mol
qilaman”)
–
produsentlar hosil qilgan organik
moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar.
Metanefridiy umurtqasiz hayvonlar, asosan
halqali chuvalchanglarning metamer joy
-
lashgan juft ayirish organi bo‘lib, har bir tana
bo‘g‘imida bir juftdan sirtmoqqa o‘xshash
buralgan ingichka uzun naychalar joylashgan.
Naychaning bir uchi tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi
uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi.
Mevatana – zamburug‘ning vegetativ tanasidan
o‘sib chiqqan spora hosil qiluvchi qismi.
Mikrobiologiya (yunoncha
micros – “kichik”,
bios – “hayot”,
logos – “taʼlimot”)
– mikroor-
ganizmlar va ularning boshqa tirik organizm
-
larga ta’siri haqidagi fan.
Mikroorganizmlar yoki
mikroblar (yunoncha
mikros – “kichik”)
– mikroskop yordamida
ko‘rish mumkin bo‘lgan va odatda faqat bitta
hujayradan iborat organizmlar.
Model (lotincha
modulus – “o‘lchov”, “me’yor”)
–
biologik obyekt yoki obyektlar sistemasi-
ning obrazi yoki namunasi.
Morfologik mezon – bir turga kiruvchi orga
-
nizmlarning tashqi va ichki tuzilishidagi belgi
va xususiyatlari yig‘indisi.