173
Fototropizm
(
fotos
– “yorug‘lik”,
tropos
– “buri-
lish”)
– o‘simlik organining yorug‘lik
tomonga
qarab o‘sishi.
Geotropizm
– o‘simliklarning yerning tortish
kuchiga javoban o‘sishi.
Germafrodit
–
bitta organizmning o‘zida ham
erkaklik, ham urg‘ochilik reproduktiv organ
-
larining rivojlanishi.
Gerpetologiya
– amfibiya (suvda hamda quruq
-
likda yashovchilar) va reptiliyalar (sudralib
yuruvchilar)ni birgalikda o‘rganadigan fan.
Geterotroflar
– tayyor organik
moddalar bilan
oziqlanuvchi organizmlar.
Gistologiya
(yunoncha
histos – “to‘qima”, lo-
gos
– “taʼlimot”)
– odam va
hayvonlarning
to‘qimalarini o‘rganuvchi fan.
Guttatsiya
– tunda barg og‘izchalari berk
bo‘lganligi tufayli o‘simlik ichidagi ortiqcha
suv barglar ning chetidan bug‘lanmasdan,
tomchi ko‘rinishida ajralib chiqishi.
Hammaxo‘r hayvonlar
– o‘simlik, hayvon,
zamburug‘ va ularning qoldiqlari bilan oziqla
-
nadigan hayvonlar.
Hayotiy shakl
–
o‘simliklarning tashqi muhitga
moslashgan tashqi ko‘rinishi. O‘simliklar ha-
yotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta,
o‘t o‘simliklarga bo‘linadi.
Individual rivojlanish, ya’ni ontogenez
– or-
ganizmlarning zigotadan
boshlanib to nobud
bo‘lishigacha bo‘lgan davr.
Dostları ilə paylaş: