Dendrit (yunoncha
dendron – “daraxt”) –
nerv hujayralari (neyron)ning tarmoqlan
-
gan sezuvchi oʻsimtalari; boshqa neyronlar,
retseptor hujayralar yoki bevosita tashqi
qo‘zg‘atuvchilardan signallar qabul qiladi.
Nerv impulslarini hujayra tanasiga oʻtkazadi.
Diffuziya (lotincha
diffusio – “singish”, “tarqalish”)
–
molekula va ionlarning konsentratsiyasi
yuqori joydan konsentratsiyasi past joyga
o‘tishi. Ma salan, membrana orqali kislorod
-
ning hujayraga kirishi.
Ekosistema (yunoncha
oikos –“uy”, “yashash
joyi”)
– o‘zaro munosabatda bo‘lgan har xil
turga mansub organizmlar va ular yashay-
digan muhit omillarining yig‘indisi. Masalan,
hovuz, koʻl, oʻrmon, chiriyotgan toʻnka va
tuvakdagi gul.
Embriogenez (yunoncha
embryon – “embrion”)
–
tuxum hujayraning urug‘lanishidan boshla-
nib, yosh organizmning tug‘ilishi yoki tuxum
qobig‘ini yorib chiqishi bilan yakunlanadigan
jarayon.
Entomologiya (yunoncha
entomon – “hasharot”,
logos – “taʼlimot”)
– hasharotlarni o‘rganuv-
chi fan.
Eukariotlar (yunoncha
eu – “haqiqiy”, “yaxshi”,
kario – “yadro”, “mag‘iz”)
– haqiqiy yadroga
ega organizmlar (zamburug‘lar, lishayniklar,
o‘simliklar, hayvonlar).
Fagotsitoz (yunoncha
fageo – “yemoq”, “hazm
qilmoq”)
– oqsillar, polisaxaridlar, asosan qat
-
tiq zarrachalarning hujayraga kirish jarayoni.
Fiziologik mezon – hayotiy jarayonlar: oziqla
-
nish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish,
rivojlanishidagi o‘xshashliklar yig‘indisi.
Fotonastiya – o‘simlik organlarining kun va tun
almashinishi bilan bog‘liq harakati. Masalan,
ba’zi o‘simliklarning gullari tong otganda
ochiladi, kun botganda esa yopiladi (qoqio‘t
va lola), boshqa bir o‘simliklarning gullari
esa, aksincha, kun botganda ochiladi, tongda
yopiladi (namozshomgul).