172
ATAMALAR LUG‘ATI
Araxnologiya
(yunoncha
arachne
– “oʻrgim
-
chak”,
logos
– “ta’limot”)
– biologiyaning
oʻrgimchaksimonlar sinfini oʻrganuvchi
sohasi.
Auksinlar
(lotincha
aixo
– “oʻstiraman”)
–
o‘simlikning hosil qiluvchi to‘qimalarida
ishlab chiqaradigan, uning oʻsishi uchun zarur
fiziologik faol moddalar.
Avtotrof organizmlar
(yunoncha
autos
– “oʻzi”,
trophe
– “oziq”, “oziqlanish”)
– fotosintez,
fotoreduksiya
va xemosintez jarayonlari
tufayli anorganik moddalardan oʻz hayoti
uchun zarur organik moddalarni hosil qiluv-
chi organizmlardir.
Binar nomenklatura
(lotincha
binarius
–
“qoʻsh”)
–
oʻsimlik yoki hayvonning qoʻsh
nom – tur kum (hayvonlarda urugʻ) va tur
nomi bilan atalishi. Lotin tilida oʻsimlik va
hayvonlarni qoʻsh nom (binar nomenkla tura
) bilan atash qabul qilingan.
Biologiya
(yunoncha
bios
– “hayot”,
logos
–
“taʼlimot”)
– tirik
organizmlarning tuzili-
shi
va hayotiy faoliyati,
xilmaxilligi,
tarixiy
va individual rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’sirini
o‘rganadi.
Biosfera
(yunoncha
bios
– “hayot”,
sfera
– “shar”)
–
Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi.
Biosferaning yuqori chegarasi ozon qatlami
bilan belgilanadi.
Biotexnologiya
(yunoncha
bios
– “hayot”,
tech-
ne
– “mahorat”, “sanʼat”,
logos
– “taʼlimot”)
–
qishloq xoʻjaligi, sanoat va tibbiyotning turli
sohalarida tirik organizm
va biologik jarayon-
lardan foydalanadigan sanoat usullari majmui.
Biotop
(yunoncha
bios
– “hayot”,
topos
–“joy”)
–
yer sirti (quruqlik yoki suv havzasi)ning muhit
sharoitlari bir xil
va muayyan biotsenoz bilan
band boʻlgan qismi; turlarning makoni.
Blastula
(yunoncha
blastos
– “murtak”, “maysa”)
–
koʻp hujayrali hayvonlar embrional rivojla
-
nishi ontogenezi davrida hosil boʻladigan
murtagi.
Dostları ilə paylaş: