I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Topshiriq
Tabiatdagi sizga tanish bo‘lgan 
o‘simliklar ning meva si qanday 
meva turiga mansub ligini o‘rga-
ning va do‘stlaringiz bilan mu-
hokama qiling.


63
normal kechishini ta’minlaydi. Yadro irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish, oqsil 
sintezini boshqarish funksiyalarini bajaradi.
To‘qima.
Hayvon organizmi – ko‘p hujayrali yaxlit biologik sistema. Uning har bir hujayrasi 
ko‘p hujayrali organizmga xos bo‘lgan barcha fiziologik jarayonlarni amalga oshira olmaydi. 
Ko‘p hujayrali organizmda hujayralar ayrim bir hujayraga nisbatan samarali va unumli faoliyat 
yurituvchi funksional tizim – to‘qimalarga birlashadi.
To‘qima hujayralar hamda ular ishlab chiqaradigan hujayralararo moddadan tashkil topgan 
biologik sistema hisoblanadi. Har bir to‘qimadagi hujayralar soni va hujayralararo moddaning 
nisbati har xil bo‘ladi. Bu esa to‘qimaning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning yagona 
funksional birlik sifatida ishlashini ta’minlaydi. Masalan qon ichki muhit to‘qimasi (birikti-
ruvchi to‘qima) bo‘lib, qon hujayralari, ya’ni eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlardan hamda 
hujayralararo modda – plazmadan tashkil topadi. 
Organ.
Organ – organizmning o‘ziga xos tuzilishga ega, muayyan vazifani bajaradigan 
tarkibiy qismi. Organ ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qima
-
lar to‘plamidan iborat. Masalan, o‘pka – nafas olish organi, oshqozon – ovqat hazm qilish 
organi. Har bir organ bir necha xil to‘qimalardan iborat. Organning faoliyati uni tashkil etuvchi 
to‘qimalarning muvofiqlashgan tarzda ishlashiga bog‘liq.
Organlar sistemasi.
Har bir organ o‘zi alohida emas, balki boshqa organlar bilan funk
-
sional jihatdan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi. Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar 
yig‘indisi 
organlar sistemasi
deb ataladi. 
Burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkalar nafas olish organlari sistemasini 
tashkil etadi. Yurak, arteriya, vena qontomirlari qon aylanish sistemasi organlaridir. Ko‘p 
hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlarning borishi organlar sistemalari faoliyati bilan 
ta’minlanadi. Organlar sistemalari bajaradigan vazifalariga qarab nomlanadi. Odam va hay
-
vonlarda 1) tayanch-harakat sistemasi; 2) nafas olish sistemasi; 3) ovqat hazm qilish sis
-
temasi; 4) qon aylanish sistemasi; 5) ayirish sistemasi; 6) reproduktiv sistema; 7) nerv sis
-
temasi; 8) endokrin sistemasi; 9) immun sistemasi rivojlangan. 
Organizm
Organlar sistemasi
Organ
To‘qima
Hujayra
Molekula
Ovqat hazm qilish sistemasi
Qon aylanish sistemasi
Nerv sistemasi


64

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin