XULOSA CHIQARAMIZ
•
Tirik organizm – atrof-muhit bilan yaqin munosabatda bo‘lgan yaxlit, dinamik biologik
sistema.
•
Har bir organizm organlar sistemalaridan, organlar sistemalari organlardan, organlar
to‘qimalardan, to‘qimalar hujayralardan iborat.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Tirik organizmlarning eng kichik birligi nima?
2. To‘qimaga ta’rif bering.
3. Organ nima?
4. Nima uchun og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, jigar, oshqozonosti bezi bir
sistemaga birlashtiriladi?
5. Qon aylanish sistemasining tarkibiy qismlari va organizmdagi ahamiyatini aytib bering.
Qo‘llash
Ovqat hazm qilish organlarini ketma-ket to‘g‘ri joylashtiring:
qizilo‘ngach, ichak, halqum, oshqozon,
og‘iz bo‘shlig‘i.
→ → → →
Tahlil
Nima uchun ko‘p hujayrali organizmning har bir hujayrasi ko‘p hujayrali organizmga xos bo‘lgan
barcha fiziologik jarayonlarni amalga oshira olmaydi?
Sintez
Hayvon organizmini ko‘p hujayrali yaxlit biologik sistema sifatida sxema yoki modelda ifodalang.
Baholash
Organizmning tuzilish darajasini ifoda etuvchi jadvalni to‘ldiring.
Biologik sistemalar
Tarkibiy qismlari
Misol
Molekula
Hujayra
To‘qima
Organ
Organlar sistemasi
Organizm
Topshiriq
Odamning immun sistemasiga oid ma’lumotlar to‘plang va guruhda muhokama qiling.
Oqsil
Epiteliy
hujayrasi
Epiteliy
to‘qimasi
Yurak
Tovushqon
Qon aylanish
sistemasi
66
III BOB YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
1. Quyida berilgan ma’lumotlar o‘rtasida ma’lum qonuniyat yoki bog‘liqlik mavjud.
Shu bog‘liqlikni o‘zida aks ettirgan javobni aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |