I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Neyrogliya
bu nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi 
hujayra bo‘lib, orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari 
atrofida joylashgan. Neyrogliya neyronlarni oziqlantirish 
vazifasini bajaradi 
(4.2-rasm)
.
4.2-rasm. 
Neyrogliya hujayrasi.
dendritlar
Neyron • Neyrogliya • 
Akson • Dendrit • Refleks • 
Retseptor
yadro
hujayra tanasi
akson
miyelin qobiq
neyron
neyrogliya 
hujayrasi


68
Nerv sistemasi joylashuviga ko‘ra markaziy va periferik bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi. Mar-
kaziy bo‘limga bosh va orqa miya, periferik bo‘limga esa ulardan ketuvchi nervlar va nerv tu
-
gunlari kiradi. Nerv sistemasi bajaradigan funksiyasiga binoan somatik va vegetativ (avtonom) 
bo‘limlarga ajratiladi.
Refleks
tashqi va ichki ta’sirlarga organizmning markaziy nerv sistemasi ishtirokidagi 
javob reaksiyasidan iborat. Organizmning oddiy harakatlaridan tortib eng murakkab hayo-
tiy jarayonlargacha (masalan, fikrlash, nutq, kasb-hunar o‘rganish) reflekslar tufayli amalga 
oshadi.
Refleks yoyi. 
Refleks hosil bo‘lishida nerv qo‘zg‘alishlari o‘tadigan yo‘l refleks yoyi deyila
-
di. Refleks yoyi 5 qismdan iborat. 
1. Retseptor to‘qima va organlarda joylashgan bo‘lib, tashqi yoki ichki ta’sirlar orqali 
qo‘zg‘aladi. 
2. Sezuvchi nerv tolasi retseptorning qo‘zg‘alishidan hosil bo‘lgan impulsni nerv markaziga 
yetkazadi. 
3. Nerv markazida joylashgan oraliq neyronlarda qabul qilingan nerv impulslari tahlil 
qilinadi. 
4. Harakatlantiruvchi nerv tolasi nerv markazidagi qo‘zg‘alishni ishchi organga yetkazadi. 
5. Ishchi organ muskul, qontomir, ichki organlar va hokazolardan iborat 
(4.3-rasm)
.
4.3-rasm. 
Refleks yoyi.
Refleks quyidagicha sodir bo‘ladi. Agar biror hayvonni, masalan, akvariumdagi baliqni 
ta yoqcha bilan turtsak, u o‘zini tezlik bilan chetga oladi. Qo‘limiz biror issiq jismga tegsa, shu 
zahoti tortib olamiz. Ushbu shartsiz reflekslar quyidagicha sodir bo‘ladi. Ta’sir teridagi ret
-
septorlar yordamida qabul qilinadi va nerv impulsiga aylantirilib, sezuvchi nerv tolasi orqali 
nerv markaziga uzatiladi. Nerv markazida ta’sir tahlil qilinadi va harakatlantiruvchi neyron 
orqali ishchi organga, masalan, muskulga uzatiladi. Muskul qisqarib, harakat yuzaga keladi. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin