I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

4. Naysimon tipdagi nerv sistema.
Barcha xordali hayvonlar uchun xarakterli hisobla
-
nadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan 
(4.7-rasm)
. Xordali hayvonlar bitta 
tipga mansub bo‘lganligi sababli ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tu-
ban xordalilarda nerv nayi markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar 
periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgani sari nerv 
sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi.
Umurtqali hayvonlar (baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar) nerv 
sistemasi bir xil anatomik tuzilishga ega bo‘lib, ayniqsa, sutemizuvchilarda yuqori darajada 
tuzilgan. Odam va barcha umurtqali hayvonlarda ham markaziy nerv sistemasi bosh va orqa 
miyadan, periferik nerv sistemasi bosh va orqa miyadan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh 
miya beshta bo‘lim: oldingi, oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning 
har bir bo‘limi aniq funksiyalarni bajaradi 
(4.8-rasm)

Baliqlarda bosh miya katta hajmga ega emas. Amfibiyalarda oldingi miya yarimsharlarga 
bo‘lingan. Harakatlarning soddalashuvi tufayli amfibiyalarning miyachasi baliqlarnikiga nis
-
batan yaxshi rivojlanmagan. Reptiliyalarning quruqlikda yashashga o‘tishi tufayli miya mor
-
fologik va funksional jihatdan murakkablashgan. Oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan 
yiriklashgan. Reptiliyalarning xilma-xil harakatlari tufayli miyachasi kuchli rivojlangan. Qush
-
larda xulq-atvorning murakkablashuvi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganidan dalolat be
-
radi. Odam va boshqa sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlan
-
gan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek, 
oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan.
4.8-rasm. 
Umurtqali hayvonlarda bosh miyaning tuzilishi.
1) odam
2) maymun
3) mushuk
4) g‘oz
5) timsoh
6) baqa
7) baliq


74

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin