XULOSA CHIQARAMIZ •
Hayvonlarning nerv sistemasi rivojlanish darajasiga ko‘ra to‘rsimon yoki diffuz, stvol,
zanjir, naysimon tiplarda rivojlangan. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv sistemasi bosh
va orqa miyadan tashkil topgan.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. To‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistemasi tuzilishini bayon eting.
2. Stvol tipidagi nerv sistemasi qaysi hayvonlarda rivojlangan?
3. Zanjir tipidagi nerv sistemasining o‘ziga xosliklari nimalardan iborat?
4. Naysimon nerv sistemasi qaysi organizmlarga xos ekanini misollar asosida yoritib bering.
Qo‘llash . Umurtqali hayvonlarning bosh miya tuzilishini taqqoslang va ular orasidagi umumiylikni
aniqlang.
Tahlil . 1. Hayvonot dunyosining nerv sistemasi tarixiy jarayonda qanday rivojlangan?
2. Reptiliyalar sinfining vakili bo‘lgan kaltakesaklar baland devorda va hatto shiftlarda bemalol
ha rakatlanishini ko‘rgansiz. Nima uchun odam shunday xususiyatga ega emas? Fikringizni asoslang.
Sintez . Olimlarning aniqlashicha, qo‘lqanotlilar (ko‘rshapalaklar) turkumining aksariyat vakillari
bosh tomonini pastga qilib, osilib dam oladi. Nima sababdan ular
shunday xususiyatga ega?
Baholash . Maktabingiz va uyingiz atrofidagi hayvonlar-
ning xatti-ha rakatini kuzating. Ularga xos bo‘lgan qiziqarli xatti-
ha rakatlarni biologiya daftaringizga yozib boring. Aniqlangan
xatti-harakatlarning nerv sistemasi bilan bog‘liq jihatlarini usto
-
zingizga so‘zlab bering.
4.4. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI YOMG‘IR CHUVALCHANGINING REFLEKSINI KUZATISH Maqsad: yomg‘ir chuvalchangining refleksini tajribada o‘rga nish.
Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda in qazib
hayot kechirishga mos lashgan. Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismi
-
dagi halqasimon muskullar qisqa rib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u
tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana
devoridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi, tanasining oldingi qismi yo‘g‘on
-
lashib, tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga
yo‘l ochadi. Chuvalchang harakatlanganida tuklari tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi
shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.
Yomg‘ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida
joylashgan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Tanasining qaysi qismi
-
ga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi.
Bizga kerak: tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuvalchangi solingan nam tuproqli
vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, karton qog‘oz, preparoval nina yoki uchi o‘tkirlangan qalam.