I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

4.3. NERV SISTEMASI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
 
Tirik organizmlar ta’sirot-
larga qanday javob qaytaradi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Hayvonlarning 
nerv sistemasini rivojlanish darajasiga ko‘ra quyidagi to‘rt
-
ta tipga ajratish mumkin. 
1. To‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema.
Bo‘shliqichlilarning nerv sistemasi to‘r 
shaklida bo‘ladi. Ularning nerv hujayralari ektoderma qavatida tarqoq holatda joylashgan. 
Nerv hujayralarining o‘simtalari bir-biri bilan tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Tananing 
istalgan qismiga ta’sir ko‘rsatilsa, bitta nerv hujayrasida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish barcha nerv 
hujayralariga tarqaladi. Natijada organizm butun tanasining qisqarishi bilan javob qaytaradi. 
Bo‘shliqichlilarning ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleksga misol bo‘ladi 
(4.4-rasm)
.
2. Narvon (stvol) tipidagi nerv sistema.
Yassi va to‘garak chuvalchanglarning nerv sis
-
temalari stvol tipida tuzilgan. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni 
va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari 
ko‘ndalang nervlar orqali tutashib, tuzilishiga ko‘ra narvonni eslatadi. So‘rg‘ichli va tasmasi
-
mon chuvalchanglar nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tu
-
guni, ularni tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi va uch juft nerv stvolidan iborat. Nerv 
stvollari o‘zaro ko‘ndalang nervlar orqali tutashgan. Tananing ikki yonida joylashgan bir juft 
nerv stvoli yaxshi rivojlangan. To‘garak chuvalchanglarning nerv sistemasi so‘rg‘ichli chuval
-
changlarning nerv sistemasiga o‘xshaydi, lekin nerv stvollarining yelka va qorin tomonida 
joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan 
(4.5-rasm)
.
3. Zanjir tipidagi nerv sistema. 
Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft halqum 
usti nerv tuguni, bir juft halqum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi hamda bir-biriga 
yaqin joylashgan juft qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir segmentida bir juft nerv 
tugunlari mavjud. Nerv tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar boradi. Mollyuskalar-
ning nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni va tana ning turli 
qismlarida joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nervlardan iborat 
(4.6-rasm)
.
4.4-rasm. 
Diffuz tipidagi 
nerv sistema.
4.5-rasm. 
Stvol tipidagi 
nerv sistema.
4.6-rasm. 
Zanjir tipida-
gi nerv sistema.
4.7-rasm. 
Naysimon 
tipidagi nerv sistema.
Markaziy va periferik nerv 
sistemasi • Oldingi miya • 
Oraliq miya • O‘rta miya • 
Uzunchoq miya • Miyacha


73
Serharakat hayot kechiradigan va ko‘pchiligi yirtqich bo‘lgan boshoyoqli mollyuskalarda 
nerv sistemasi murakkab tuzilishga ega. Boshoyoqli mollyuskalarning bosh qismida joylash
-
gan nerv tugunlari o‘zaro birlashib, “bosh miya”ni hosil qiladi. 
Bo‘g‘imoyoqlilarning nerv sistemasi halqali chuvalchanglarning nerv sistemasiga o‘xshash, 
lekin funksional jihatdan takomillashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo‘shilishi 
natijasida nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo‘limida asosiy sezgi organlari joylash-
ganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin