O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vaziriligi r. X. Alimov, A. A. Sobirov, S. A. Saydullayeva



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/46
tarix24.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#191684
növüУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Web dasturlash

E.Fage 
 
KIRISH 
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi printsipiga asoslanishi, 
ya‘ni, ta‘lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim
1

2017 – 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab – quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid 
Davlat dasturining ― Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish‖ (4.3) bo‗limida ―Mehnat 
bozorida extiyoj yuqori bo‗lgan mutaxasislarni tayyorlash tizimini kengaytirish‖ 
masalasi amalga oshiriladigan dolzarb tadbirlar qatorida keltirilgan
2

Iqtisodiy o‗sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini 
yanada oshirish vazifalarini hal etish uchun bu vazifalarni muvaffaqiyatli va ishonchli 
bajaruvchi kadrlarni tayyorlash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo‗lib qoldi. 
Web - dasturlash internet-texnologiyalarining yangi va tez rivojlanayotgan 
sohasiga aylangan. Web – sahifalarni tayyorlash va ularni internetda aks ettirishdan 
maqsad turli axborotlarni ma‘lumotnoma sifatida berish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni reklama qilish, adabiy asarlar, musiqa va rasmlarni keng omma uchun 
tarqatish kabi masalalarni hal etishdir. Foydalanuvchilarga biror mavzudagi axborotni 
taqdim etuvchi sayt puxta o‗ylangan, mukammal ishlangan va doimo yangilanib 
turuvchi axborotlarga ega bo‗lgan sahifalardan tashkil topadi[2]. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi//"Xalq so'zi" 
gazetasi. № 272. 29.12.2018. 
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha 
harakatlar strategiyasi to‗g‗risida» gi Farmoni.7 fevral 2017 yil. http://press-service.uz/uz/document/5482/. 


13 
―Web- dasturlash‖ o‗quv qo‗llanmasining maqsadi web-sahifani ishlab chiqish 
misolida amaliy dasturlashtirishning nazariy asoslarini va tamoyillarini, ularning 
funktsional va strukturaviy tashkil etilishini, maxsus dasturlashtirish tillarini ishlatgan 
holda dinamik web-sahifalarni hosil qilishning usullarini va uslubiyatlarini 
o‗rgatishdan iborat. 
―Web – dasturlash‖ fanini o‗qitilishining asosiy vazifasi: Internetning ishlash 
printsipi, web-texnologiya asoslari, web-dizaynning asosiy mohiyatlari, gipermatn 
belgilash tili HTML, web – sahifani JavaScript dasturlash tili yordamida boshqarish, 
Web – sahifalarda grafikadan foydalanish kabi mavzularni talabalarga o‗rgatish va 
amaliy natijalarni olishda ko‗maklashishdir. 
Web dasturlovchi yangi loyiha tuzishi uchun kompyuter va boshqa texnik 
vositalardan foydalanishni o‗zlashtirgan bo‗lishi zarur. «Web - dasturlash» fani 
―Informatika‖, ―Internet texnologiyalari‖ ,―Axborot texnologiyalari va tizimlari‖, 
"Algoritmlash asoslari va algoritmik tillar", ―Dasturlash texnologiyalari‖ kabi fanlar 
bilan mukammal bog‗langandir. 


14 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin