15
ega bo‗lishi kerak. Tabiiyki, bunday xujjatlar bilan ishlash muxiti etib Internet
tanlangan. CERN global tarmoqdagi eng gavjum joylardan biri hisoblangan. Bu
muammo bilan laboratoriya xizmatchisi fizik Tim Berners-Li shug‗ullandi va 1991
yil tugatdi. CERN olimlari navbatdagi avlod HTML (Hyper text Markup Language)
va WWW larning rivojlanishini bilib bergan WWW (w3 consortium) deb nomlangan
Konsortsium ning yuzaga kelishiga sababchi bo‗ldilar. 1960 yili amerikalik olim
Teodor Xolm Xelsonning shunga o‗xshash muammo bilan mashg‗ul bo‗lganini aytib
o‗tish zarur. U o‗z oldiga shunday maqsad qo‗ygan edi: insoniyat yaratgan har xil
qiymatdagi matnli xujjatlarni maxsus kompyuter tarmog‗iga birlashtirish va ularni
o‗zaro mantiqan bog‗lash. Bunda foydalanuvchi asosiy yoki qo‗shimcha
axborotli
ixtiyoriy xujjatning bir joyidan boshqasiga o‗tish mumkin. 1965 yili Nelson T. X.
bunday matnli axborotlarni tashkil etish uslubini gipermatn, o‗zining amalga
oshmagan loyixasini esa Xanadu deb nomladi. Ana usha T. Nelsonning Xanadu dagi
goyasi WWW ning rivojiga turtki bo‗ldi.
Fizik Tim Berners–Li o‗zining yaratgan o‗zaro bog‗langan platformali
mustaqil matnli xujjatlarni yozish tilini HTML deb nomladi. Bu xujjatlar o‗zaro
gipermurojaatlar yordamida bog‗lanadi. Gipermurojaat - bu internet saxifasidagi
boshqa ob‘ekt bilan bog‗lovchi ajratilgan so‗z turkumi. Axborotning turli tarkibiy
qismlari orasidagi aloqa. U WWW doirasidagi ob‘ektdan ob‘ektga o‗tishni
ta‘minlaydi. Gipermatnli xujjatlar bilan tanishib chiqish uchun Tim Berners – Li Web
– (sharxlovchi) deb nom olgan programma yozdi[2]. 1993
yili amerikalik talaba
Mark Andressen Mosaic Web – sharxlovchi dasturni yozdi. Bu dastur birinchilar
qatori grafik interfeysga ega bo‗ladi va sichqoncha bilan ishlay boshlaydi. Mosaic
ishlatish uchun qulay, UNIX, PC, va Macintosh platformalarida ishlaydi va bepul
tarqatiladi.Biroq vaqt o‗tgach tadqiqotchi Mosaic asoschi Silicon Graphics bilan
birlashdi. Ular hozirgi kunda brouzer – Netscapeni yaratdilar.
Taxminan Webdagi
barcha trafiklarning 80% Netscapega to‗g‗ri keladi. Xonadonlardagi kompyuterlarni
Netscape bilan tekin yuklash mumkin. Keyinroq bozorda Microsoft kompaniyasi
maxsuloti Internet Explorer nomli yangi brouzer paydo bo‗ldi. U ham tezda internet
tarmog‗iga kiritila boshladi. qaysi bir jixatdan WWW ning mashxur bo‗lib ketishi
16
Microsoft Windows ga o‗xshab ketadi. Windows MS DOS matn barcha vazifalarni
qulay grafik interfeys orqali bajaradi. Xuddi shunday WWW ning grafik moxiyati
Internet va elektron aloqa vositalarining e‘tiborini jalb etdi.Kelajakdagi WWW
brouzer va kompyuterlarda axborotlarning tashqi ko‗rinishi bilan boshqariladigan,
ishlatishda eng qulay til HTML bilan chambarchas bog‗lanadi.
Oxirgi yillar
mobaynida HTML da bir qancha o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 24-dekabr 1999 yil
maxsus notijorat tashkilot WWW Consortium (W3C) tomonidan qabul qilingan
HTML fayllari, shaxsan, audio – videokliplar bilan ishlashda, ayniqsa saxifalarni
o‗zaro bog‗lashda katta qulaylik tug‗diradi.
Web tizimini gipermatn tizimi sifatida ikki nuqtai nazar sifatida ko‗rish
mumkin. Birinchidan, gipermatn murojaatlar yordamida
bir-biri bilan ulangan
sahifalar to‗plami sifatida ko‗rish mumkin. Ikkinchidan, sahifalarni tashkil qiluvchi
axborot ob‘ektlarining elementlaridan (matn, grafika va x.k.) tashkil topgan to‗plam
sifatida ko‗rish mumkin. Ikkinchi yo‗nalishda gipermatn tarmog‗i HTML
sahifalarining axborot ob‘ektlari elementlarining to‗plami sifatida aniqlanadi.HTML
internetda hujjatlar hosil qilish tilidir. HTML hujjat deb HTML kodidan tashkil
topgan faylga aytiladi.Bunday hujjatlar web uzellarning asosiy axborot manbaalari
hisoblanadi. Ular matn, grafika audio va video axborotlarni hamda internetning
boshqa komponentlarini kompyuter ekranida aks ettirish imkonini beradi.
Bu dasturiy tilning asosiy funktsional afzalliklaridan biri gipermurojaatlardir.
Gipermurojaat (HyperLink) HTML – hujjatning asosiy funktsional elementi bo‗lib, u
berilgan web – sahifaning biror ob‘ekti bilan boshqa sahifa matnli qatorining dinamik
aloqasini namoyon etadi. Gipermurojaat sifatida matnli element yoki grafik ob‘ekti
ham bo‗lishi mumkin. Giperaloqani yagona serverda joylashgan bir necha hujjatlar
orasida hamda internet tarmog‗ining turli qismlarida joylashgan ob‘ektlar
orasida
o‗rnatish mumkin[11].
HTML boshqa dasturiy tillardan farhli ravishda translyatsiya qilinmaydi, balki
interpretatsiya qilinuvchi dasturiy tildir. Bu degani uning bajariluvchi kodini ishga
tushirish uchun oldindan kompilyatsiya qilinmaydi. Web – sahifani ko‗rishga
mo‗ljallangan maxsus dasturda o‗rnatilgan interpretator sahifaning ochilish
17
jarayonida html – kodni bevosita kompilyatsiya qiladi. Bunda agar dastur matnida
xatolik topilsa, ogohlantirilmasdan bu qator interpretator tomonidan tashlab ketiladi.
Agar bu xatolik html – hujjatning JavaScript kodida sodir bo‗lsa, u holda
ogohlantirish ma‘lumoti namoyon bo‗ladi. Demak, html – dastur ishlab chiqilganda
uning xatosini faqat web – sahifa ekranda ask etgandagina kqrish mumkin.
Gipermatn g‗oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi
informatsion zaxiralarga
gipermatn modelini yaratishdagi relyatsion yondashishdan foydalanish va uni
maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g‗oyani amalga oshirishda to‗rtta asosiy
vosita ishlab chiqilgan:
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
URL (Universal Resource Locator) tarmog‗idagi zahira adreslashning
universal usuli.
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP - Hyper Text
Transfer Protocol).
CGI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining unversal interfeysi.
Dostları ilə paylaş: