18
kompyuterga joylashtirilgan dasturiy ta‘minotdir. Brouzerlar Internet bo‗ylab
uzatiladigan matn va HTML teglarni interpretatsiya qila
oladi va ularni ekranda
to‗g‗ri aks ettiradi. Brouzerlar kompyuterlarning turidan qat‘iy nazar bir hil xizmat
qiladi. Ular HTML ni yaxshi tushunadi va interpretatsiya qila oladi. Brouzerlarni
foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‗lish
mumkin. Zamonaviy brouzerlarning ko‗pgina qismini grafik elementlarni aks
ettiruvchi sinfga taaluqli deb ko‗rsatish mumkin(1.2-rasm).
1.2-rasm. Zamonaviy brouzerlar
5
.
Hozirgi paytda eng ommabop brouzerlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Netscape Communication (ilgari Netscape Navigator) va Microsoft Internet
Explorer. Netscape va Microsoft o‗rtasidagi
raqobat umuman olganda web
texnologiyaning tez rivojlanishiga ko‗maklashdi. Internet foydalanuvchilari orasida
eng ko‗p tarqalgan ushbu brouzerlar Microsoft Windows tizimida ishlashga
mo‗ljallangan. Netscape Communication – bu dunyodagi eng ommabop va eng ko‗p
ishlatiladigan brouzer hisoblanadi. Netscape kompaniyasi foydalanishda nihoyatda
yengil dasturni kashf qilib va ulardan pulsiz foydalanish imkonini yaratib Internet va
WWW da katta qadam qo‗ydi. Netscapening
eng
asosiy
raqibi
Microsoft
kompaniyasining Internet Explorer brouzeri hisoblanadi.
Bu brouzer Netscape
tomonidan kiritilgan ko‗plab yangiliklardan va o‗zida mavjud ilg‗or
texnologiyalardan foydalanadi. Shu bilan birga Internet Explorer HTML ni barcha
darajalarini ham quvvatlaydi.Opera – bu Oslodagi Opera Software Norvegiya
kompaniyasi tomonidan yaratilgan kichikkina va oddiygina brouzer. Bu brouzer juda
5
www.study.com
19
kam vaqt ichida yuklanadi va disk hajmiga minimal talablar qo‗yadi. Operaning
afzalligi HTML standartlariga to‗liq mos kelishi hisoblanadi. Ancha obro‗li
brouzerlar o‗tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi noaniqliklar (masalan, yopuvchi
teglarni qoldirib ketish, noto‗g‗ri o‗rnatish va h.k.) bu brouzerda to‗g‗ri aks etmaydi.
Opera foydalanishning tezligi bo‗yicha birinchi o‗rinlarda turmasada, ko‗pchilik
ishlab chiquvchilar kodning to‗g‗riligiga amin bo‗lish uchun o‗z saytlarini Operada
tekshirishni davom ettirmoqdalar.
Lynx – bu faqat matnni ko‗rishni ta‘minlaydigan bepul tarqatiladigan brouzer,
sizga webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi.
U web-sahifani
bazaviy funktsional tasniflar bo‗yicha tekshirish uchun yaroqli bo‗lgan standart
sifatida mashhur bo‗ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brouzer eskirmaydi. Lynx har doim
takomillashtiriladi va zamonaviylashtiriladi. Accent (http://www.acctntsuft.com)
brouzeri o‗nlab har xil tillardagi web–sahifalarni yaratish va ko‗rib chiqish uchun
sharoit tug‗dirib beradi. Butun dunyodagi barcha tashrif buyuruvchilarni axborotlar
bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratish – bu eng yaxshi tanlovdir. Mosaic
webning grafik manipulyatsiyasi uchun loyiha sifatida ishlab chiqilgan brouzer.
Amaya (
http://www.w3.org(pub/www/Amaya/)
– bu HTML ning oxirgi va eng
qiziqarli imkoniyatlarini hamisha quvvatlab turadigan eksperimental brouzer. Agar
siz UNIXga ega bo‗lsangiz
bu yaxshi tanlovdir, lekin foydalanuvchilar Windows
yoki Macintoshga kira olmaydilar.
America Online brouzerlari. America Online (AOL) foydalanuvchilari
(platformaga va AOL dasturiy ta‘minotining versiyasiga qarab) mavjud yetti
brouzerning birini ishlatadi, ularning ba‘zilari faqat HTMLni qo‗llab-quvvatlashni
minimal darajada ta‘minlaydi. WebTV bizning xonadonimizga masofaviy boshqarish
pulti mavjud oddiy televizor orqali webni olib kirmoqda (shuningdek, klaviaturadan
ham foydalansa bo‗ladi). Web-sahifalarni ko‗rish uchun WebTV o‗z
ixtisoslashgan
brouzeridan foydalanadi. U HTML standartiga muvofiq sintaksik tahlilni amalga
oshiradi, lekin freymlarni, Java, JavaScript, ActiveX yoki ichiga o‗rnatiladigan
ilovalarni talab etadigan boshqa ixtiyoriy formatni aks ettirish imkoniyatlarini taqdim
etmaydi. Shuningdek faqat WebTVda ishlatiladigan ko‗pgina yangi HTML-teglari
20
yaratilgan. WebTV tasvirni televizor ekraniga
chiqarganligi sababli rang
xarakteristikalari va ekran parametrlariga yangi talablar qo‗yilmoqda.
Agar qaysi brouzerlar eng ko‗p ishlatilishi ma‘lum bo‗lsa, qaysi
texnologiyadan foydalanish to‗g‗risida qaror qabul qilish oson bo‗ladi. Eng ishonchli
axborotni,
albatta,
sayt
tashriflarining
statistikasini
yuritish
bilan
olish
mumkin.Internetda brouzerlar to‗g‗risida statistik ma‘lumotlarni taqdim etadigan bir
qancha saytni topish mumkin. Bu saytlardagi statistika ushbu saytlarni o‗ziga tashrif
buyurishlarning tahliliga asoslangan bo‗ladi(1.3-rasm).
1.3-rasm. Eng ko‗p tarqalgan brouzerlar
6
.
Turli brouzerlardagi HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun
ba‘zi bir html - hujjatlar brouzerlarda turlicha ko‗rinishda bo‗lishi mumkin.
Brouzerlarning html – kodlarni qayta ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish
mumkin. Bu esa html – kodlarni turli brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos
kelmasligiga sabab bo‗lgan xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: