часть
4
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 2022
495
BA’ZI BIR MATNLI MASALALARNI ARIFMETIK USULDA YECHISHNING
AFZALLIKLARI HAQIDA
A.I .Akramov
Sirdaryo viloyati Shirin shahar
Ixtisoslashtirilgan maktabning matematika o’qituvchisi
Maqolada
:
ba’zi bir matnli masalalarni arifmetik usulda yechishning afzalliklari
haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Tayanch so’zlar:
Masofa, soat, birlik, arifmetika, algebraik usul, tezlik, masala, matn.
In article:
are discussed about advantage of an arithmetic method at the decision of
text problems
Keywords:
Distance, time, unit measure, arithmetic, an algebraic method, speed, a
problem, the text.
В статье :
обсуждены о преимуществе арифметического метода при решении
текстовых задач.
Ключевые слова:
Расстояние, время,
единичная мера, арифметика,
алгебраический метод, скорость, задача, текст.
Ma’lumki, bir necha yillardan buyon umumta’lim maktablarida Davlat ta’lim
standartlarining bajarilishini nazorat qilish, o’quvchilar bilimlaridagi bo’shliqlarni aniqlash
va ularni to’ldirish choralarini ko’rish hamda iqtidorli, bilimli o’quvchilarni izlab topish va
ularning iqtidorlarini quyi sinflardan boshlab rivojlantirish maqsadida 5-8 sinf o’quvchilari
o’rtasida turli xil ko’rik tanlovlar, olimpiadalar o’tkazilib kelinmoqda. Ularda beriladigan
savollarning aksariyati Davlat ta’lim standartlariga mos bo’lib, mazkur sinfda o’qiydigan har
bir iqtidorli va qobiliyatli o’quvchi bu savollarga bemalol javob berishi mumkin. Albatta,
ushbu olimpiadalarning yuqori bosqichlarida berilayotgan ba’zi bir savollar ayrim
o’quvchilar uchun nihoyatda murakkab ko’rinishi, hatto qaysidir savol ushbu sinf
dasturidan chetga chiqqanday tuyulishi ham mumkin. Lekin bunday fikrlar o’quvchi
masalaning mohiyatini chuqur anglab yetmaganini hamda unda mantiqiy fikrlash malakasi
yetishmasligini bildiradi. Ko’pgina ana shunday murakkab tuyulgan masalalar arifmetik
usulda ancha sodda va oson yechiladi.
Men ko’p yillik pedagogik faoliyatim davomida shu narsaga amin bo’ldimki, ko’pgina
o’qituvchilar masalalarni arifmetik usulda yechishga qiynaladilar.
Quyida yosh o’qituvchilarga yordam bo’lar degan umidda ana shunday masalalardan
ba’zilariga to’xtalmoqchimiz.