12
1.1-jadval
O‘zbekistonda 2009-2013 yillar 1 yanvar holatiga ko‘ra aholi sonining
o‘zgarish dinamikasi (ming kishi)*
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2013 yilda 2009
yilga nisbatan
o‘zgarishi
2009
2010
2011
2012
2013
+,-
foiz
Jami aholi soni
27072,2
27533,3
28001,4
28453,7
30123,3
3051,1
111,2
Shundan:
Shahar aholisi
9584,6
9758,3
14327,8
14618,4
15897,4
5312,8
165,8
Qishloq aholisi
17487,6
17775,0
13673,6
13835,3
14225,9
-3261,7
81,3
*
Jadval O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Aholining iqtisodiy faollik darajasi bilan bog‘liq xususiyatlar.
Demografik
omillardan tashqari mehnat qobilyatiga ega aholining
turli demografik va etnik
guruhlari iqtisodiy faolligi darajasi ham bozor dinamikasining muhim omili
hisoblanadi. Masalan, ayollarning ijtimoiy roli faollashishi ta’siri
ostida ularning
ishchi kuchi tarkibiga jadal jalb qilinishi ishchi kuchi taklifining o‘sishiga olib
keldi.
Bunda ishlab chiqarish yo’nalishi talab etilayotgan muayyan kasbiy
malakaga ega amaldagi xodimlar soni bilan mavjud ish joylari o’rtasidagi
bog’liqlikni ifodalaydi. Qayta hosil qilish yo’nalishi mavjud,
yangidan jalb
etilayotgan hamda ishdan bo’shayotgan ish kuchi mutanosibligini ta’minlashga
qaratilgan. Shaxsiy yo’nalish aholiga ular ehtiyojiga javob beradigan ish joylarini
taklif etish xususiyatini aks ettiradi.
Aholi moddiy ne’matlarni yaratuvchi va ularni iste’mol etuvchi sifatida
mehnat salohiyati ko’rsatkichiga ham egadir.
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat
bozori rivojlanishining
quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tadbiq etgan holda,
mazkur bozorni
shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
13
mehnat va ish bilan bandlikda erkinlikni ta’minlash. Insonga ijtimoiy
mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor
huquqi berilishi;
ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali o’zaro
hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish;
ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Ish
bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy
hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi mustaqilligini hisobga olib
yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish;
ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat.
Ish bilan bandlikni
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi,
tadbirkorlar assosiasiyasining boshqaruv organlari
bilan hamkorlikda nazoratni
amalga oshirish;
ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda uch tomonlama
ijtimoiy hamkorlik (hukumat, kasaba uyushmalari
vakillari va tadbirkorlar
vakillari);
ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan
kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Dostları ilə paylaş: