50
8. SANOAT ZAHARLARINING INSON ORGANIZMIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLARI, SANOAT ZAHARLARINING
BIOLOGIK TA’SIRI
8.1. Sanoat zaharlarining inson organizmiga ta’sir etuvchi omillari
Toksik ta’sir
deganda, inson organizmi bilan turli xil moddalar, zaharlar ta’siri
tushuniladi. Toksik ta’sir quyidagi omillarga bog‘liq.
1. Xiliga qarab. Odam va hayvon organizmidagi ta’sirga qarab, modda almaShuvi
jarayonlari nyerv sistemasining murakkabligi, inson xayotining davomiyligi, inson
tanasining og‘irligi, fiziologik funksiyalarni boshqarish kiradi.
Bu xilma-xillikning
muhimligi barcha tajribadagi hayvonlarda olib boriladi va tajriba natijalari odam
organizmiga o‘tkazib hisoblanadi. Bu hisoblar inson organizmiga zaharlar ta’siri
deb olinadi va inson xayotining davomiyligi va boshqa omillar bilan xulosa qilinadi.
2. Jinsiga qarab. Toksik ta’sirlarda inson jinsi katta ahamiyatga ega. Aromatik
uglevodorodlarning ayollarga ta’siri quyidagicha: benzol ayollarning ichki
organlariga tez sur’atlarda ta’sir ko‘rsatadi. Homilador ayol benzol bilan juda tez
zaharlanadi. Bu esa yomon oqibatlarga olib keladi. Ba’zan juda og‘ir hollarda
kasalxonalarga keltiriladi. Yana bir misol, yerkak organizmiga bor birikma zaharlari
ayol organizmiga nisbatan tez ta’sir o‘tkazadi.
3. Yoshiga
qarab. Inson yoshiga qarab toksik moddalar ta’siri bir xil bo‘lmaydi:
bir xil zaharlar yoshi katta bo‘lmagan insonlarga katta ta’sir o‘tkazsa, Shu xildagi
zaharlar keksaygan insonlarga umuman ta’sir qilmasligi mumkin. O‘smirlar
organizmi keksalar organizmiga nisbatan neyro zaharlarga ta’sirchanligi 2-3 barobar
yuqori. Misol uchun qo‘rgoshin bilan o‘smir
Shu darajada zaharlanadiki, hattoki qon
tarkibi ham o‘zgarib ketadi, nyerv sistemasining buzilishi kuzatiladi. Yosh o‘smirlar
organizmiga benzol, benzin va uning gomologlari azot oksidlari ta’siri yaxshi
o‘rganilgan. Bu moddalarning naslga ham ta’siri bor.
4. Shaxsiy sezgirlikka ta’sir. Bu ta’sir bioximyoviy fyermentlar sistemasi
aktivligiga bog‘liq. Bu zaharlar organizmga kirgandan keyin, organizmdan chiqqanda
o‘z tarkibini almashtiradi. Bu zaharlar nasldan naslga o‘tuvchi
kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
5. Zaharlarning
fizik xususiyatlariga
qarab. Fizik xossalar zaharlarning
toksikligini, organizmga ta’sirini, organizmda taqsimlanishni va organizmdan chiqib
ketishini belgilaydi:
a) zaharlarning agregat holatlariga qarab. Zaharlarning
agregat holatlari
organizmga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, simob metali. Simob suyuq holatda
unchalik zaharli emas, lekin simob bug‘lari organizm uchun juda xavfli. Bug‘ va
gaz holatidagi gazlar juda xavfli, chunki ularning inson organizmiga kirishi oson;
b) zaharlarning yeruvchanligi va dispyersligiga qarab. Tarkibida kvarsi bor
changlar organizmga tez fibrogen ta’sir o‘tkazadi. Bu changlardagi zarralar
o‘lchami 1-2 mkm. Ayerozollar o‘lchami 0,3-0,4 mkm ga teng.
Zaharli ayerozollar
nafas olganda organizmga intoksikatsiya qilish tezligi dispyerslik ortishi bilan
oshadi. Chunki zarralarning yuza sirti yuqori tezlikda yerib, organizmga zararli
moddalarning yutilishini, nafas olganda qonga yaxshi so‘rilishini ta’minlab beradi.
51
Changlarning suvda yerishi va to‘qimalardagi suyuqliklarda yerishi yomon
asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar chang toksik bo‘lsa, uning yerish xususiyati,
organizmdan, o‘pkadan chiqish xususiyati yengillashadi.
Toksik zaharlarning
yaxshi yerishi bu ularning salbiy omillari, salbiy xususiyatlari hisoblanadi. Yomon
yeriydigan zaharli changlar (kvars aralash zaharlar) nafas olish yo‘llarida uzoq muddat
turib qoladi. Biomuhitlarda sekin yeriydi, kremniy kislota hosil qiladi, silikoza
rivojini sekinlashtiradi;
d) elektrlanganlik va adsorbsion xususiyat. Elektrlanganda
chang zarralari
ayerozolning mustahkamligiga ta’sir qiladi. Neytral changlarga nisbatan bu
ayerozollarning nafas olish yo‘llarida turib qolishi 2-3 barobar yuqori. Yuqori
adsorbsion xususiyatga ega bo‘lgan yuzaki gazlar, toksik moddalar molekulalarini o‘z
tarkibida ushlab turadi. Bu gazlarga - SO, SN
4
, benzopiren va boshqalar kiradi;
e) uchuvchan moddalar. Bu moddalar zahar bug‘larining maksimal
konsentratsiyasi va hajmi bilan haraktyerlanadi:
S
=
0,12MR ,
T
bu yerda: S - uchuvchanlik mg/l;
R
-
bug‘ning egiluvchanligi, Pa;
M - molekulyar massa;
T = 273 + t
K
- qaynash tempyeraturasi, °K.
Yuqori
uchuvchanlikka ega birikmalar, ishlab chiqarish korxonalarida katta
konsentratsiyalarda mavjud bo‘ladi. 200 mg/l konsentratsiyadan yuqori bo‘lgan
moddalarning zichligi havoning zichligidan 20% ortiq. Bu moddalarga dixloretan,
benzol kiradi. Bug‘-havo aralashmalari tushish tezligi 0,2 m/s ni tashkil etadi. Shuning
uchun sanoatdagi uchuvchi zaharlar ishlab chiqarish korxonalarining pastki zonasi
qismiga joylashadilar.
Organizm to‘qimalarida
taqsimlanishiga qarab, to‘qimalar ichiga singish
toksikligiga qarab elektrolitlar va noelektrolitlarga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya
Lazyerevniki hisoblanadi.
Noelektrolitlar, yog‘larda yaxshi yeriydi. Ular Obyerton va Mayyer qonunlariga
buysunadi. Bu qonun quyidagicha: modda hujayralariga qancha tez so‘rilsa va qancha
ko‘p so‘rilsa, yog‘dagi yeruvchanligi Shuncha ko‘p bo‘ladi. Yog‘
va suv orasidagi
taqsimlanish koeffitsiyenti ham shuncha katta bo‘ladi.
Yog‘dagi yeruvchanlik
K
Dostları ilə paylaş: