19
Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga
energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat
unumdorligini oshirish;
Faoliyat ko‗rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik
sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
Xizmat ko‗rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda xizmatlarning o‗rni va ulushini oshirish, ko‗rsatilayotgan
xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari
hisobiga tubdan o‗zgartirish;
Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va
ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash,
turizm infratuzilmasini kengaytirish;
Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va
geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning
eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
Yo‗l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy
soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Dostları ilə paylaş: