savdo belgilari
- mahsulot yoki
xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar80.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to ‘langan pul mablagMari
qiymati
kapitallashtirib
boriladi. Uning foydalanilishi, himoya
qilinishi, kengaytirilishi, ro ‘yxatdan o ‘tkazilishi yoki sudda himoya
qilinishi tijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali
xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi
biri nisbatan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil
mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Franshizalar
- odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan
(masalan, kabel televideniyesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga
egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr
energiyasi), shuningdek x o ‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aniq
maqsadlar va aniq xizmatlardan (“0 ‘zbekiston havo yo'llari”)
foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
80 Financial and m anagerial accounting, 12e, C arl S .Warren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 848-page
362
K o‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori b o iad i va
odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to ‘lashi
talab etiladi. Franshizaning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va
undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim.
Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan
birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq
to'liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib
Gudvill (firma
bahosi)
hisoblanadi. U o ‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan
olinishi
kutilayotgan
daromadlariga
qo‘shimcha
ravishda
daromadlaming ko ‘payishiga olib keluvchi firmaning imiji natijasida
yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkinchisini sotib
olgan hollardagina ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham
amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona
boshqasini sotib oladigan bo‘lsa yoki ulaming qo ‘shilishi yuz beradigan
bo‘lsagina tan olinadi.
7-sonli BHMSda aktivlami buxgalteriya hisobida nomoddiy
aktivlar sifatida bir vaqtning o ‘zida quyidagi shartlarga javob berishi
kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning m a’muriy va boshqa
funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori
foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘Isa, oddiy
operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir
birlik (komplekt) uchun 0 ‘zbekistonda belgilangan (xarid qilish paytida)
eng kam ish haqi miqdorining kamida 50 baravarini tashkil qiladi.
Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida
hisobot
davri
uchun
aktivlar qiymatining
kamroq
chegarasini
belgilashga haqli;
d)
korxona
ushbu
aktivni
keyinchalik
qayta
sotishni
m o‘ljallamaydi;
363
e) ishonchlilik, y a’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq
huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar,
patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning
mavjudligi;
f)
identifikatsiyalash
imkoniyati.
Identiflkatsiyalash
sharti
mezonlaridan biri - nomoddiy aktivlami korxonadan ajratish va uning
shartnomaviy hamda boshqa yuridik huquqlardan, ushbu huquqlar
beriladigan yoki korxonadan ajratiladigan bo‘lishidan qat’iy nazar
yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan yuzaga kelishi mavjudligida
bajariladi. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan b o iib hisoblanadi,
agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo‘lsa, y a ’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda
sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan b o g iiq
aktiv, shartnoma yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan
tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar EHM uchun dasturlar va m a’lumotlar
bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jum ladan o ‘matilmagan) tarkibiy
qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo ‘lgan asosiy vosita
bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va m a’lumotlar bazasi
tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq
korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa
huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’iy nazar,
shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy tabiati 0 ‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1031-1111-moddalari bilan,
ulam ing buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining
uslubiy asoslari esa 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”, 21-son BHMS
“Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
Y o‘riqnoma” bilan belgilangan.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlaming
mavjudligi va harakati to ‘g ‘risidagi axborotlami umumlashtirish
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
364
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta ’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari»;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Nomoddiy aktivlar obyektlari bo ‘yicha jamlangan amortizatsiya
to‘g ‘risida m a’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining
amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy ta ’minotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining
amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzining amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlam ing amortizatsiyasi”.
Barcha
turdagi
nomoddiy
aktivlaming
dastlabki
bahosi
boshlang‘ich qiymat bo ‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu
qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlaming boshlang‘ich
qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
a) huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq
huquq egasi (sotuvchi)ga to ‘langan summalar;
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish)
munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imlari,
davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o ‘xshash to‘lovlar;
d) bojxona bojlari va yig‘imlari;
e) nomoddiy aktivlami sotib olish munosabati bilan to ‘lanadigan
soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
f) nomoddiy aktivlami sotib olish bilan b o g iiq axborot va
maslahat xizmatlari uchun to ‘langan summalar;
365
g) nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga
to ‘lanadigan haqlar;
h) asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini
sug‘urtalash b o ‘yicha xarajatlar;
i) aktivdan maqsadga ko ‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga
keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to ‘lash bilan bog‘liq
xarajatlar (akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o ‘tkazmalar uchun
bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlami chet el valyutasiga sotib
olish chog‘ida valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va
bankning boshqa xizmatlari), sotib olish bo‘yicha shartnomalami
tayyorlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda
aktivlami sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar
nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular
sodir bo ‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to ‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib
to ia s h nazarda tutilgan b o‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq
to ‘lash chog‘ida haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan
olingan kreditorlik qarzi summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlami to ‘lashga doir xarajatlar
qarzga olingan kapital hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan
nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |