A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Hujjatlarni buxgalteriyada qayta ishlash bosqichlari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Hujjatlarni buxgalteriyada qayta ishlash bosqichlari
H ujjatlam i guruhlash -
bu ulami mazmuniga k o ‘ra bir xil 
guruhlarga to ‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Bu esa guruhlangan m a’lumotlami ishlatishni 
ancha osonlashtiradi.
Gumhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha 
m a’lum davr uchun yig‘ma (umumlashgan) m a’lumotlarga ega 
boiish d an iborat. Shu bilan birga dastlabki hisobni yuritish ham 
soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga doir hujjatlar har bir 
nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo ‘yicha; kassa hujjatlari 
pul m ablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. 
bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Hujjatlami guruhlash maxsus jamlovchi 
yoki gumhlovchi vedomostlarda amalga oshiriladi.
95


Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlaming buxgalteriyaga kelib 
tushishiga qarab to ‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli 
k o‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan 
mahsulotlami xaridorlar bo‘yicha j o ‘natish jam lam a vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan 
x o ‘jalik muomalalari to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami bir tizimga keltirish 
uchun tuziladi. Ular m a’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan 
m a’lumotlami o ‘tkazish bilan bir vaqtda to ‘ldiriladi. Masalan, butun 
korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari bo‘yicha 
gumhlash vedomosti.
H ujjatlam i taksirovka qilish -
ularda ko‘rsatilgan natural va 
mehnat o ‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o ‘lchoviga o ‘tkazishni 
nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o ‘lchovlarda (metr, kg, dona va 
h.k.) ifodalangan bo‘lsa, ulaming miqdori bir birligining bahosiga 
ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat to ‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, u holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish 
vaqtini hisobga olish tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi 
hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi 
schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak. 
Kontirovka 
qilish 
usullari 
buxgalteriya 
hisobining 
korxonada 
qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq.
Kontirovka -
bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik 
muomalasining summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim 
b o‘lgan schyotlaming ko‘rsatilishi. 
Ushbu 
maqsadda ko‘pchilik 
dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va 
chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va boshqalar).
Agar jam lam a hujjat boMsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida 
keltiriladi.
H ujjatlam i so ‘ndirish -
hujjatlarda ulaming ishlatiiganligi 
to ‘g ‘risida «olindi», «toMandi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplami 
bosish yo ‘li bilan belgi qo‘yish.
96


Barcha pul hujjatlari ulami qayta ishlatishning oldini olish 
maqsadida tezkor tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular 
schyotlarga yozilganidan so‘ng adashib qayta yozish yoki qandaydir 
suiiste’mollarning oldini olish uchun joriy tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qoMlanilsa, 
hujjatlami 
buxgalteriyada 
ishlash 
hisob 
nomenklaturalarini 
(buxgalteriyada) tegishli xos raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlami 
pachkalarga komplektlashdan iborat bo‘ladi.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. 
Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda 
qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash 
hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, ularga qayta ishlashga 
javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo ‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo ‘luvchi kassa kirim va chiqim 
orderlariga, to ‘lov vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti 
qo‘lda yoki shtampda “olindi” yoki “to ‘landi” degan so‘zlar muddati 
(kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilishi shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, ya’ni tashkil etish yoki 
boshqa 
korxonalar, 
tashkilotlar, 
muassasalardan 
hisobga, 
qayta 
ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro ‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil 
etadi va hujjat aylanishi 
ro ‘yxati 
korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi.
R o‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat 
aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishi ro‘yxati 
sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko ‘rinishida 
bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish 
(nusxa soni, rasmiylashtiruvchi m as’ul, bajarilishga mas’ul, bajarilish 
muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga m as’ul, kim keltirishi, keltirish 
tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta 
ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda 
ro‘yxatni tasdiqlash buyrug‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, 
korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
97


Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular 
faoliyatiga taalluqli hujjatlami tuzadi va taqdim etadi. Hujjatni o ‘z 
vaqtida to ‘g ‘ri to ‘ldirilishi, belgilangan, muddatda taqdim etilishi, 
ulardagi m a’lumotlaming ishonchliligiga javobgarlik shu hujjatni tuzgan 
va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro ‘yxati bo‘yicha ishlar o ‘z 
vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va 
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus 
binoda yoki korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs 
m as’ulligida berkitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Q at’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydigan 
seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi. Aniq bir, hisob 
vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar 
xronologik tartibda yig‘ilib arxivga m a’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular 
ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. B a’zi bir 
hujjatlar taxtlanmasligi 
mumkin, 
ammo 
ular y o ‘qotilishi 
yoki 
suiiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona 
arxivida 
dastlabki 
hujjatlar, 
hisob 
registrlarini, 
hisobotlami saqlash tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh 
boshqarmasini materiallarini saqlash ko‘rsatmasiga ko‘ra, o ‘matiladi.
Hujjatlami 
buxgalteriyadan 
va 
arxivdan 
boshqa 
tarmoq 
xodimlariga berilishi korxona bosh buxgalteriya ruxsati bilan amalga 
oshiriladi.
Korxonadan hujjatlami faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura 
va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan 
hollardagi 
qarorlariga asosan olinishi 
mumkin. 
Hujjat olinishi 
bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxonaga tegishli 
m as’ul xodimga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va 
vakili ishtirokida, tegishli m as’ul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi
98


mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi 
kerak.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin