Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar
deb, bir nechta
hujjatlar turining, y a’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va
buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib
boradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular bir vaqtning o ‘zida ham mazkur muomalani bajarish
to‘g ‘risida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi
(isbotlovchi)
hujjat
sifatida
xizmat
qilib,
ushbu
muomalaning
bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ulami schyotlarda aks
ettirish tartibi haqida k o‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini
keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan
qilingan xarajatlami ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlaming ro‘yxati
ulami tasdiqlovchi
hujjatlar ko‘rsatilgan
holda hisobdor shaxs
tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning
yuz tomonida har xil m a’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi,
87
unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu
betning o ‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda
xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘sratiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi
haqidagi m a’lumotlaming mavjudligi uni aralash hujjati sifatida
tafsiyalaydi.
Chunki
unda
isbotlovchi
hujjat
va
buxgalteriya
rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari birlashtirilgandir.
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallami chetga yoki
qayta ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallami
ombordan berish uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va
boshqalar ham kiritiladi.
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish
katta ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi,
hujjatlami
ishlashda
ulardan
foydalanish
soddalashtiradi
va
yengillashtiradi va provardida hisob bosma ish qog‘ozlariga sarflami
qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida aralash hujjatlardan
foydalanish ayniqsa keng tarqalgan.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma
hujjatlarga bo‘linadi.
Dastlabki hujjat
deb, sodir bo‘lgan muomalalami
dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar
haqiqatda bajarilganligining hisoboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini
keltirish xizmat qilishi mumkin. Ular materiallami ombordan berilishida
tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallami berish to ‘g ‘risidagi
farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar
tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari,
nakladnayalar, tilxat, kvitansiyalar va boshqalami kiritish mumkin.
Yig‘ma hujjat
deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan
hujjatlarga aytiladi.
Ularda
tegishli
dastlabki
hujjatlar asosida
rasmiylashtirilgan muomalalar aks ettiriladi.
Yig‘ma hujjatlarga
yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘nak hisoboti, umumishlab chiqarish
xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, kalkulyatsiyalar va boshqalar
kiradi.
88
Bu hujjatlaming barchasida, dastlabki hujjatlardan olinganlardan
tashqari yangi m a’lumotlar (hissador shaxs tomonidan amalga oshirilgan
barcha xarajatlarning umumiy summasi, taqsimlash obyektlariga olib
boriladigan taqsimlanadigan xarajatlar summasining qismlari, xarajatlar
moddalari va boshqalar) ham mavjuddir.
Demak, yig‘ma hujjatlar, birinchidan, dastlabki hujjatlaming
m a’lumotlarini umumlashtirish va y ig‘ma ko‘rsatkichlami olish uchun,
ikkinchidan hisobga olinayotgan muomalalar to ‘g ‘risida qo‘shimcha
m a’lumotlar olish
maqsadida
dastlabki
hujjatlar m a’lumotlarini
umumlashtirish va bu muomalalami yangi bo‘limlarga ajratilgan holda
aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, yig‘ma hujjatlardan muomalalar
haqidagi dastlabki m a’lumotlami ishlash vositasi sifatida foydalaniladi,
desak bo‘ladi.
Muomalalami qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va
jam g‘aruvchilarga bo‘linadi.
Birgalik hujjatlar
bitta yoki bir vaqtning o ‘zida bir nechta
muomalalami aks ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan
xususiyatlari shundan iboratki, ular tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq
buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi
mumkin.
Birgalik hujjatlariga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish
dalolatnomalari, to ‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hokazolar
kiritilishi mumkin.
Jam g‘aruvchi hujjatlar
korxonada har xil vaqtlarda (bir hafita,
dekadada, oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalami
rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular korxonada qisqa vaqt ichida
ko‘plab sodir bo‘ladigan muomalalar bo‘yicha yozib boriladigan
hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.
Yuqorida
ko‘rib
chiqilgan
hujjatlardan
bo‘nak
hisoboti
jam g‘aruvchi hisobotdir. Undan hisobdor shaxs tomonidan bo'nak
olingandan boshlab o ‘tgan davr ichida qilingan xarajatlar aks ettiriladi.
89
Boshqa jam g‘aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan,
limit-zabor kartasi, ish vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar
vedomosti va hokazodan iborat. Jam g‘aruvchi hujjatlardan foydalanish
sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar bir oyda bir marta barcha bir turdagi
hujjatlaming umumiy yakuni bilan aks ettiriladigan hollarda borgan sari
keng tarqalib bormoqda.
B a’zi mualliflar hujjatlami shuningdek boshqa belgilari, masalan,
boshqaruv funksiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar
bo‘yicha ham guruhlaydilar.
Dostları ilə paylaş: |