Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
4.4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor
mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning
turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
77
hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g ‘risidagi” nizomda
keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar
2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan y ig‘ilib
boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga
quyidagi vazifalar belgilanadi:
- ishlab chiqarish haqiqiy hajmlami aniqlash bunda jami ishlab
chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulotning har bir turi bo‘yicha miqdor
ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham
pul oMchov birligida bo‘ladi;
- mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab
chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo'yicha tannarxga
kiritilgan xarajatlar haqidagi m a’lumotlardan foydalaniladi. Masalan,
ishlab chiqarishdagi ishchilaming mehnat haqi, materiallar qiymati,
mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga
hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar
q oilanilib, ulardan asosiysi 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” aktiv
schyotidir. M azkur schyot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi
aniqlandi. Mahsulot tayyor boMganidan so ‘ng esa, 2010 schyoti kretidan
2 800-“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o ‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz
bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida
qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab
chiqarish bosqichlaridan o ‘tmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv
qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, y a’ni ular texnologik
jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab
chiqarish 2 0 1 0 -“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq
siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki
normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholanishi
mumkin.
78
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi
formuladan foydalaniladi.