A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


pul, narx, tannarx, foyda, savdo



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

pul, narx, tannarx, foyda, savdo,
kredit, moliyalarni qoMlash 
katta ahamiyatga egadir.
68


Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o ‘lchash ishlab 
chiqarishning rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko ‘rsatkichlami 
olish, korxonalaming mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini uni 
sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi 
prinsiplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat 
qiymat o ‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning 
samaradorligi - muayyan korxonada yangidan yaratilgan qiymat 
miqdori haqida umumiy m a’lumot olish mumkin.
X o‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida 
kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar 
haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ulami baholashning 
to‘g ‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda x o‘jalik jarayonlarini baholash 
mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valyuta, y a’ni so‘mda 
amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u 
holda uni xo‘jalik muomalasi sodir b o ig a n sanadagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki o ‘matgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga 
aylantiriladi. Bir vaqtning o ‘zida ko ‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va 
to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlaming aktiv va majburiyatlarini 
baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy 
andozalari (BHMS) bilan belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlami baholashda ulami sotib olingan narxi 
yoki ishlab chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib 
hisoblanadi.
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy 
qiymatliklar tannarx 
bahosida yoki sof sotish bahosida, shu baholaming qaysi biri kam 
bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi.
Sotib olingan tovar - moddiy qiymatliklaming tannarxi sotib olish 
xarajatlarini, transport - tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib 
kelish xarajatlarini o ‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, 
to‘g ‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilaming ish haqi,
69


ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil 
topadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalaming bajargan ish va 
xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlami bajarish uchun 
bevosita sarflanadigan xodimlaming ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat 
ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi 
pastga tushgan bo‘lsa, ulami qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday 
hollarda tovar - moddiy qiymatliklar sotish bahosida baholanadi.
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko ‘proq 
yig‘ilib qolgan va aylanishi 
sekinlashgan hollardagina moliyaviy 
hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik 
uchun ulaming qiymati pasaytiriladi.
T o‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- 
ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor 
(joriy) 
baholarda 
sotiladigan 
bo‘lsa, 
bunday 
tovar - 
moddiy 
qiymatliklaming qiymati so f bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu 
bilan 
buxgalteriya 
hisobini 
yuritishda 
muhimlilik 
tamoyillari 
ta’minlanadi.
Asosiy vositalar ulami takror ishlab chiqarishda 
dastlabki qiymati
(boshlang‘ich qiymat) bilan birga 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin