qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy
hisobotlami
moliyaviy ahvolini
yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi.
MablagMar aylanishidagi asosiy bosqich moddiy boyliklami
yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir.
Bu yerda
ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko ‘rinishi va xususiyati bilan,
balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot
tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab
chiqarish vositalarining xodimlar mehnati
bilan yaratilgan zaruriy va
qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat
bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish,
birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi
kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar - tayyor
buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida
hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o'lchov
birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida
yig‘ma ko ‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda,
moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va
mehnat o ‘lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o ‘lchovlar
pulda baholash
uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun
foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi
sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining
boshqa tomonini
anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o ‘z ichiga oladi.
T a’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o ‘ziga zarur
bo‘lgan moddiy boyliklami sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab
chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotishi
sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul
shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini
aks ettirishda
buxgalteriya hisobi quyidagilami qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish
va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta ’minot
jarayonida xarid
qilinadigan buyumlar; sotish uchun m oijallangan va sotish jarayonida
66
joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar
uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan
xarajatlar summasidan korxona tomonidan
belgilangan so f daromad
miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab
chiqarish sohasida yaratilgan so f daromadni taqsimlash imkonini beradi.
Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o ‘tkazilishi lozim
bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga
berilishi kerak bo‘lgan summalami o ‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: