5-BOB. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA
5.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan
biri hujjatlashtirish
bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona
tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan
vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan
foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir
xo‘jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina,
uning uzluksiz
hisobga olinishi ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi
m a’lumotlar korxonada sodir boMadigan xo‘jalik muomalalarining
ishonchliligini ta’minlaydi.
X o‘jalik
muomalalarini
hujjatlashtirish
korxonani
operativ
boshqarishga samarali ta ’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o ‘z
vazifalarini suiiste’mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan
biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini
yozma ravishda
dastlabki qayd qilish va ulaming haqiqatda sodir bo ‘lganligini
isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjati - bu xo ‘jalik muomalasi faktining haqiqatda
mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini
isbotlovchi,
m as’ul
shaxslar imzosi
bilan
tasdiqlangan yozma
guvohlikdir. Hujjatlar x o‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki
sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ulam ing mazmunini to ‘liq aks ettirishi
kerak.
Buxgalteriya hisobida hujjatlami tuzish, qabul qilish,
saqlash va aks
ettirish, shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus
nizom21da belgilangan.
О z b e k isto n R e s p u b lik a s i A d liy a V a z irlig i to m o n id a n 1 4 .0 1 .2 0 0 4 y ild a 1 2 9 7 -so n b ila n ro 'y x a td a n o 'tk a z ilg a n .
83
Korxonada hujjatlami rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga
qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o ‘z vaqtida kelib
tushmasligi va ulami buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini
istisno qilsin. M azkur masalada korxona rahbarlari
tomonidan tegishli
nazoratning y o ‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-
moddiy boyliklaming talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun o ‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir hujjatlar
harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham,
bosh buxgalter
tomonidan ham o ‘zaro ikki tomonlama nazorat y o ‘lga qo‘yilishi lozim.
Buning uchun korxonada hujjatlaming aniq aylanishini yo ‘lga qo‘yish
va m as’ul ijrochilami ko ‘rsatgan holda hujjatlar aylanmaining turli
bosqich chizmalar k o ‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish
kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan
nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: