Korxonada hujjatlami rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga
qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o ‘z vaqtida kelib
tushmasligi va ulami buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini
istisno qilsin. M azkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli
nazoratning y o ‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-
moddiy boyliklaming talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun o ‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir hujjatlar
harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter
tomonidan ham o ‘zaro ikki tomonlama nazorat y o ‘lga qo‘yilishi lozim.
Buning uchun korxonada hujjatlaming aniq aylanishini yo ‘lga qo‘yish
va m as’ul ijrochilami ko ‘rsatgan holda hujjatlar aylanmaining turli
bosqich chizmalar k o ‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish
kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan
nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: