oluvchi schyotlar”, 9300-“Asosiy faoliyatning
boshqa daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlar” , 9410-“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi
schyotlar”, 9500-“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi
schyotlar”, 9600-“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlami
hisobga
oluvchi schyotlar” , 9700-“Favqulodda foyda (zarar)lami hisobga
oluvchi schyotlar”, 9800-“ Soliqlar va y ig‘imlami to‘lash uchun
foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar” va 9900-“Yakuniy
moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” qo‘llaniladi. (Schyotlar
rejasining V qismiga qarang). Hisobot davrining oxirida olingan
daromadlar
xarajatlar
bilan
taqqoslanib,
realizatsiya
natijalari
aniqlanadi.
Sotish jarayonida ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlami
realizatsiyasi ro ‘y beradi, uning hisobini yuritish uchun 9000-“Asosiy
faoliyatdan olingan daromadlar” schyoti m o‘ljallangan.
Mahsulotni sotishdan olingan daromadni hisobi 9010 schyotda,
tovarlami sotishdan olingan daromadlami hisobi 9020 schyotda,
ishlami
bajarish va xizmat k o ‘rsatishdan olingan daromadlaming hisobi esa,
9030 schyotda hisobga olinadi.
Sotilgan tayyor mahsulotlami tannarxini hisobini yuritish uchun
9110 schyot, sotilgan tovarlaming tannarxini hisobini yuritish uchun
9120 schyot, bajarilgan ish va xizmatlaming tannarxini
hisobini yuritish
uchun esa, 9130 schyotlar m o‘ljallangan.
Masalan, tayyor mahsulot xaridorlarga j o ‘natildi, y a’ni sotildi:
Debet
4010 - “Xaridorlar
va
buyurtmachilardan
olinadigan
schyotlar”.
Kredit 9 0 1 0 -“Tayyor mahsulotlami sotishdan daromadlar”.
Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxini hisobdan chiqarilishi
esa, quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali aks ettiriladi:
Debet 9110 - “ Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi”.
Kredit 2810 - “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
Mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlanishi 9910
“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti orqali amalga oshiriladi:
80
Debet 9 9 1 0 -“Yakuniy moliyaviy natija”.
Kredit 9110 - “Sotilgan tayyor mahsulotlaming tannarxi” .
Bir vaqtning o ‘zida:
Debet 9010-“Tayyor mahsulotlami sotishdan daromadlar”.
Kredit 9910-“Yakuniy moliyaviy natija”.
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, 9910-“Yakuniy moliyaviy
natija” schyoti yordamida mahsulotni sotishdan olingan
daromad va shu
mahsulotning tannarxi solishtiriladi. 9910 schyotning kredit qoldig‘i
foydani, debet qoldig‘i esa, zarami bildiradi.
Korxonalarda tayyor mahsulotdan tashqari asosiy vositalar, valyuta
mablag‘lari, materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlar ham
sotilishi mumkin. Ushbu sotish jarayonlarining hisobi 9 2 10 -“Asosiy
vositalaming chiqib ketishi”, 9220-“Boshqa aktivlaming chiqib ketishi”
schyotlarida aks ettiriladi.
Asosiy vositalami sotishdan olingan foydaning hisobi 9310-
schyotda, boshqa aktivlami sotishdan olingan foydaning hisobi esa,
9320-schyotda yuritiladi.
Sotish jarayonining xususiyati
shundan iboratki, uning ro‘y berishi
natijasida sotilgan aktivlaming o ‘miga korxonaga pul m ablag‘ining
kirimi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: