5.2-rasm.
Hujjatlar rekvizitlarining turkumlanishi
- m a s ’uliyatli shaxslaming shaxsiy imzolari.
Shuningdek,
0 ‘zbekiston Respublikasining “Elektron
hujjat
aylanishi to ‘g ‘risida”gi qonuning 6-moddasiga muvofiq
elektron
hujjatning majburiy rekvizitlari
quyidagilardan iborat:
s
elektron raqamli imzo;
S
elektron hujjatni j o ‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki
elektron hujjatni jo ‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi,
ismi,
otasining ismi;
J
elektron hujjatni j o ‘natuvchining pochta va elektron manzili;
s
hujjat yaratilgan sana.
Zarur hollarda hujjatlarga
q o ‘shimcha rekvizitlar
kiritilishi
mumkin. Bular: mazkur xo‘jalik muomalasida ishtirok etayotgan
korxona (tashkilot, muassasa, bank, xaridor) nomi va manzili xo‘jalik
91
muomalasining amalga oshirish uchun asos bo ‘luvchi hujjat va sh.o‘.
Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quyidagilarga bo‘linadi:
✓ doimiy rekvizitlar;
✓ shartli doimiy rekvizitlar;
✓ o ‘zgaruvchan rekvizitlar.
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doirasida uzoq vaqt
davomida o ‘zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlar matbaa
usulida bosilgan bo‘ladi. Ularga asosan quyidagilar kiradi:
✓ korxonaning nomi va manzili;
✓
hisob-kitob schyoti;
✓ xodimlaming tabel raqamlari va b.
0 ‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik
miqdor va sifat mazmunini belgilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga
quyidagilami kiritish mumkin:
✓ xo ‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti;
у
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori;
✓ xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga
ishlov berish uchun dastlabki hujjatlaming rekvizitlari xos raqamlar
bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida
ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs,
ulami o ‘z vaqtida tuzilganligi, to‘g ‘riligi,
ishonchliligi, shuningdek
ulami buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda
topshirish bo‘yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham m a’lum talablar qo‘yiladi.
Barcha hujjatlar o ‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan
daqiqada yoki muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli
m a’lumotlar bo ‘lishi hamda barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi
kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari
borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek
92
hujjatlashtirish talablariga javob beradigan
tartibda joylashtirilgan
(joylanishining ketma - ketligi, zaruriy m a’lumotlaming maxsus ajratib
ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak. Ayrim
rekvizitlaming shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular tegishli matn
mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
Agar y ig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda
uning mazmunini tavsiflovchi sarlavha, undagi m a’lumotlaming
isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi
shaxslaming imzolari
keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlaming vazifasi axborotni kompyuterda
bajarganda, u qo‘l bilan tayyorlanganga o ‘xshash isbotlovchi hujjatning
barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu
mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan muomalalar
majmuasi to ‘g ‘risidagi yakuniy m a’lumotlar keyinchalik barcha
majburiy rekvizitlarga ega boMgan tegishli hujjatni tuzish bilan
tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlami siyoh, kimyoviy qalam bilan,
yozuv mashinkalari yoki
kompyuterlar yordamida yozib berishga ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq
va ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning
mazmuni va hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin.
Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham,
raqamli m a’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar, dog‘ va
izohlanmagan to‘g ‘rilashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa
orderlarida umuman hech qanday to ‘g ‘rilashlarga y o ‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi m a’lumotlaming ishonchliligi
va ulaming yuqori sifatli
tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari,
omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida ulardan ba’zilari o ‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga
biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu
kabilar)ga tegishlidir.
93